Yosin (yasin) surasi matni o‘zbek tilida

Makkada nozil bo‘lgan. 83 oyatdan iborat.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Ya siin.

2. Val Qurʼanil Hakiym.

3. Innaka laminal mursaliyn.

4. ʼala sirotim mustaqiym.

5. Tanziylal ʼaziyzir rohiym.

6. Litunziro qovmam maa unziro abaauhum fahum g‘ofiluun.

7. Laqod haqqol qovlu ʼala aksarihim fahum la yuʼminuun;

8. Inna jaʼalnaa fiy aʼnaqihim ag‘lalan fahiya ilal azqoni fahum muqmahun.

9. Va jaʼalna mim bayni aydiyhim saddav vamin xolfihim saddan fa ag‘shaynahum fahum la yubsiruun.

10. Va savaaun ʼalayhim a anzartahum am lam tunzirhum la yuʼminun.

11. Innama tunziru manittabaʼaz zikro va xoshiyar-rohmana bil g‘oybi fabashshirhu bimag‘firotiv va ajrin kariym.

12. Inna nahnu nuhyil mavtaa va naktubu ma qoddamuu va aasarohum va kulla shayʼin ahsoynahu fiy imamim mubiyn.

13. Vazrib lahum masalan asʼhabal qoryati iz jaaʼahal mursalun.

14. Iz arsalna ilayhimusnayni fakazza buuhu ma fa ʼazzazna bisalisin fa qoluu innaa ilaykum mursaluun.

15. Qoluu maa antum illa basharum misluna va maa anzalar rohmanu min shayʼin in antum illa takzibun.

16. Qoluu Robbuna yaʼlamu innaa ilaykum lamursaluun.

17. Va ma ʼalaynaa illal balag‘ul mubiyn.

18. Qoluu innaa tatoyyarna bikum laillam tantahuu lanarjumannakum va layamassannakum minnaa ʼazabun aliym.

19. Qoluu tooirukum maʼakum a in zukkirtum bal antum qovmum musrifuun.

20. Va jaa min aqsol madiynati rojuluy yasʼa qola ya qovmittabiʼul mursaliyn.

21. Ittabiʼuu mal la yasʼalukum ajrov-vahum muhtaduun.

22. Va ma liya la aʼbudullaziy fatoroniy va ilayhi turjaʼuun.

23. A attaxizu min duunihi alihatan iy yuridnir rohmanu bizurril la tyg‘ni ʼanniy shafaʼatuhum shayʼav va laa yunqizuun.

24. Inniy izal lafiy zolalim mubiyn.

25. Inniy amantu bi Robbikum fasmaʼuun.

26. Qiyladxulil Jannata qola ya layta qovmiy yaʼlamuun.

27. Bima g‘ofaroliy Robbiy va jaʼalaniy minal mukromiyn.

28. Va maa anzalna ʼala qovmihi mim baʼdihi min jundim minas samaai vama kunnaa munziliin.

29. In kaanat illa soyhatav vahidatan faiza hum xomidun.

30. Ya hasrotan ʼalal ʼibadi ma yaʼtiyhim mir rosulin illa kanuu bihi yastahziuun.

31. Alam yarov kam ahlakna qoblahum minal quruuni annahum ilayhim la yarjiʼun.

32. Va in kullul lammaa jamiʼul ladayna muhzoruun.

33. Va ayatul lahumul arzul maytatu ahyaynaahaa va axrojna minhaa habbav faminhu yaʼkuluun.

34. Va jaʼalnaa fiyhaa jannatim min naxiyliv va aʼnabiv va fajjarnaa fiyhaa minal ʼuyuun.

35. Liyaʼkuluu min samarihi va ma ʼamilathu aydiyhim afalaa yashkuruun.

36. Subhanallaziy xolaqol azvaja kullaha mimma tumbitul arzu va min anfusihim va mimma laa yaʼlamuun.

37. Va aayatul lahumul laylu naslaxu minhun-naharo faizahum muzlimuun.

38. Vash-shamsu tajriy li mustaqorrillahaa zalika taqdiyrul ʼazizil ʼaliym.

39. Val qomaro qoddarnaahu manaazila hattaa ʼaada kal ʼurjunil qodiim.

40. Lash shamsu yambag‘iy lahaa an tudrikal qomaro valal laylu saabiqun-nahaar, va kulluv fiy falakiy yasbahuun.

41. Va aayatul lahum anna hamalnaa zurriyyatahum fil fulkil mashhuun.

42. Va xolaqnaa lahum mim mislihi maa yarkabuun.

43. Va in nashaʼ nug‘riqhum falaa sariyxo lahum va laa hum yunqozuun.

44. Illaa rohmatam minna va mataʼan ilaa hiyn.

45. Va iza qiyla lahumuttaquu maa bayna aydiykum va maa xolfakum laʼallakum turhamuun.

46. Va maa taʼtiyhim min ayatim min ayaati Robbihim illa kanuu ʼanha muʼriziin.

47. Va iza qiyla lahum anfiquu mimma rozaqokumullohu qolallaziy na kafaruu lillaziyna amanuu anutimu mal lav yashaaullohu atʼamahu in antum illaa fiy zolalim mubiin.

48. Va yaquluna mata hazal vaʼdu in kuntum sodiqiyn.

49. Ma yanzuruna illa soyhatav vahidatan taʼxuzuhum va hum yaxissimun.

50. Falaa yastatiyʼuuna tavsiyatav va laa ila ahlihim yarjiʼun.

51. Va nufixo fis-suri faiza hum minal ajdaasi ilaa Robbihim yansiluun.

52. Qoluu ya vaylanaa mam baʼasana mim marqodina hazaa ma vaʼadar rohmanu va sodaqol mursaluun.

53. In kanat illaa soyhatav vaahidatav faizahum jamiyʼul ladayna muhzoruun.

54. Fal yavma laa tuzlamu nafsun shayʼav va laa tujzavna illaa maa kuntum taʼmaluun.

55. Inna asʼhabal jannatil yavma fiy shug‘ulin faakihuun.

56. Hum va azvajuhum fiy zilaalin ʼalal aroiki muttakiuun.

57. Lahum fiyhaa fakihatuv va lahum ma yaddaʼun.

58. Salamun qovlam mir Robbir rohiym.

59. Vamtazul yavma ayyuhal mujrimuun.

60. Alam aʼhad ilaykum yaa baniy Adama alla taʼbudush shayton, innahu lakum ʼaduvvum mubiin.

61. Va aniʼbuduunii haza sirotum mustaqiym.

62. Va laqod azolla minkum jibillan kasiyro, afalam takuunuu taʼqiluun.

63. Hazihi jahannamul latiy kuntum tuvʼaduun.

64. Islavhal yavma bima kuntum takfuruun.

65. Al yavma naxtimu ʼala afvahihim va tukallimunaa aydiyhim va tashhadu arjuluhum bimaa kanuu yaksibuun.

66. Va lav nashaau latomasna ʼala aʼyunihim fastabaqus siroto fa anna yubsiruun.

67. Va lav nashau lamasaxnahum ʼala makanatihim famastatoʼuu muziyyav va la yarjiʼuun.

68. Va man nuʼammirhu nunakkisʼhu fil xolqi afalaa yaʼqiluun.

69. Va ma ʼallamnaahush shiʼro va ma yambag‘iy lah in huva illa zikruv va Qurʼanum mubiin.

70. Liyunziro man kaana hayyav va yahiqqol qovlu ʼalal kafiriin.

71. Avalam yarov annaa xolaqna lahum mimmaa ʼamilat aydiynaa anʼaman fahum laha malikun.

72. Va zallalnahaa lahum faminha rokuubuhum va minhaa yaʼkuluun.

73. Va lahum fiyhaa manafiʼu va mashaaribu afala yashkuruun.

74. Vattaxozuu min dunillahi alihatal laʼallahum yunsoruun.

75. La yastatiiʼuna nasrohum va hum lahum jundum muhzoruun.

76. Fala yahzunka qovluhum innaa naʼlamu ma yusirruuna va ma yuʼlinuun.

77. Avalam yarol insaanu annaa xolaqnaahu min nutfatin faiza huva xosiymum mubiyn.

78. Va zoroba lanaa masalav va nasiya xolqoh, qola may yuhyil ʼizoma va hiya romiim.

79. Qul yuhyihallaziy anshaʼaha avvala marrotiv va huva bikulli xolqin ʼaliim.

80. Allaziy jaʼala lakum minash shajaril axzori naron faiza antum minhu tuvqiduun.

81. Avalaysallaziy xolaqos-samaavaati val arzo biqodirin ʼala ay yaxluqo mislahum balaa va huval xollaqul ʼaliym.

82. Innama amruhu iza aroda shayʼan ay yaquula lahu kun fayakuun.

83. Fa subhanallaziy biyadihi malakuutu kulli shayʼiv va ilayhi turjaʼuun.


Yosin surasi haqida maʼlumot

Suraga uning avvalidagi «ya» va «sin» muqattaot harflaridan tashkil topgan «ya sin» kalimasi nom bo‘lib qolgan. Bu surai sharifaning fazli haqida ko‘pgina hadislar rivoyat qilingan. Ularning aksariyatida Yosin surasi Qurʼonning qalbi ekani taʼkidlangan. Shuning uchun «Qurʼon qalbi» degan nom suraga ikkinchi nom bo‘lib qolgan.

Imom Bazzor Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir narsaning qalbi bor. Qurʼonning qalbi Yosindir. Men uning ummatimdan har bir insonning qalbida bo‘lishini istardim», – deganlar.

Imom Molik va imom ibn Hibbonlar Jundab ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Yosinni kechasi Allohning roziligi talabida o‘qisa, uni mag‘firat qiladi», – deganlar.

Imom Ahmad, imom Abu Dovud, imom Nasaiy, imom ibn Moja va Imom Hokimlar Maʼqal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yosin Qurʼonning qalbidir. Kim uni Allohni va oxirat kunini umid qilib o‘qisa, albatta, mag‘firat qilinadi. Uni o‘liklaringizga o‘qinglar», – deganlar.

Mazkur hadisi shariflar va shunga o‘xshash boshqa hadislarga amal qilaroq, musulmonlar ichida bu surai karimani yodlash, uni doimo o‘qib yurish keng odat tusiga kirgan. Agar bu amalga suraning maʼnolarini anglab yetish va tadabbur qilish ham qo‘shilsa, ayni murod hosil bo‘lar edi. Zero, Yosinni o‘qishga bunchalar targ‘ib qiluvchi hadislar bekorga kelmagan.

Makkada nozil bo‘lgan boshqa suralar kabi, Yosin surasida ham asosiy eʼtibor eʼtiqod masalasiga qaratiladi. Xususan, qayta tirilish, payg‘ambarlik hamda Alloh taoloning vahdoniyati masalalariga alohida eʼtibor beriladi.

Surai karimaning boshida Qurʼoni Hakim bilan qasam ichilib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haqiqiy payg‘ambar ekanliklari taʼkidlanadi. Jaholatga botgan Quraysh kofirlarining hadlaridan oshib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yolg‘onchiga chiqarganlari haqida so‘z yuritiladi.

Shundan so‘ng bir qishloqqa yuborilgan payg‘ambarlar va ular bilan o‘sha qishloq aholisi orasida bo‘lib o‘tgan hodisalar keltiriladi. Payg‘ambarlikni inkor etganlarning oqibati nima bilan tugaganiga urg‘u beriladi. Iymonga kelgan bir odamning o‘zini qanday tutgani va uning oqibati nima bo‘lgani ham ajoyib uslub bilan bayon etiladi.

Keyin esa Alloh taoloning borliqdagi vahdoniyatiga va cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi hodisalar haqida so‘z ketadi. Qurib-qaqrab yotgan yerga hayot kirishi, kecha bilan kunduzning almashinuvi, quyoshning ziyo sochib, o‘z o‘rnida aylanishi, oyning burjlarga chiqib-botib turishi va boshqa jarayonlar haqida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, surada qiyomat kuni va uning dahshatlari, sur chalinib, o‘liklarning qayta tirilishi, ularning mahsharga to‘planishi, kishilarning mo‘min va kofirga ajralishi, ularga mukofot va jazo berilishi kabi mavzularga ham o‘rin berilgan.

← Boshqa suralar