Onlayn tasbeh | Elektron hisoblagich
Ushbu sahifada siz zikrlarni sanash uchun qulay elektron tasbehdan foydalanishingiz mumkin. Ikki xil rejim mavjud: cheksiz sanash va ma'lum songacha sanash.
0
Bosing
Tasbeh haqida
Zikr qilishda adashib ketmaslik uchun tasbehdan foydalanish qulaydir. Namozdan keyin odatda quyidagi zikrlar aytiladi:
- Subhanalloh (Alloh pokdir) - 33 marta
- Alhamdulillah (Allohga hamd bo'lsin) - 33 marta
- Allohu Akbar (Alloh buyukdir) - 33 marta
- Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamd, va huva 'alaa kulli shay'in qodiyr (Allohdan o‘zga iloh yo‘q. U yolg‘izdir. Uning shеrigi yo‘q. Podshohlik Unga xos. Hamdu sano Unga xos. U har narsaga qodirdir) - 1 marta
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dеdilar: «Kim har namozdan kеyin o‘ttiz uch marta tasbеh (Subhanalloh), o‘ttiz uch marta tahmid (Alhamdulillah), o‘ttiz uch marta takbir (Allohu Akbar) aytsa – hammasi bo‘lib to‘qson to‘qqizta bo‘ladi – va kеyin yuzinchisida «Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamd, va huva 'alaa kulli shay'in qodiyr» dеsa, gunohlari dеngiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham, kеchirib yuboriladi».
Imom Muslim rivoyat qilgan.