Islomda 40 farz ro‘yhati yodlash uchun

40 farz nimalardan iborat: Islomda 5 farz, Iymonda 7 farz, Taxoratda 4 farz, G‘uslda 3 farz, Tayammumda 4 farz, Namozda 12 farz, Ilm izlashda 1 farz, Amru maʼruf va nahiy munkarda 1 farz, Hayz va nifosda 1 farz, Rizqda 1 farz, Halol va haromda 1 farz = 40 farz.

Islom dinida 5 farz bor:
1. Iymon
2. Namoz
3. Ro‘za
4. Zakot
5. Haj

Iymonda 7 farz bor:
1. Allohga ishonish;
2. Allohning farishtalariga ishonish;
3. Allohning kitoblariga ishonish;
4. Allohning payg‘ambarlariga ishonish;
5. Oxirat kuniga ishonish;
6. Taqdirga, yaʼni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga ishonish;
7. O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.

Tahoratda 4 farz bor:
1. Yuzni peshonadan, sochlar chiqqan joydan, iyak ostigacha va ikki quloq orasidagi qismini yuvish.
2. Qo‘llarni tirsaklari bilan birga qo‘shib yuvish.
3. Boshning to‘rtdan biriga masʼh tortish.
4. Oyoqlarni to‘piqlari bilan qo‘shib yuvish.

G‘uslda 3 farz bor:
1. Og‘izni g‘arg‘ara qilib chayish.
2. Burunni achishtirib chayish.
3. Badanning hamma joyini yuvish.

Tayammumda 4 farz bor:
1. Niyat
2. Pok tuproqqa tayammum qilish
3. Ikki qo‘lni pok tuproqqa urib, yuzga surish
4. Qo‘llarni yana tuproqqa urib, qo‘llarga tirsak bilan qo‘shib surish.

Namozda 12 farz bor:
6 ta namoz tashqarisida, 6 ta namoz ichida. Namoz tashqarisidagilar «shart», ichidagilar «rukn» deyiladi.

Namozning 6 sharti (tashqarisida):
1. Tahorat buzilgan bo‘lsa, tahorat qilish, junub bo‘lgan bo‘lsa, g‘usl qilishi.
2. Badan, kiyim va namoz o‘qiladigan joy najosatdan toza bo‘lishi.
3. Avrat yopiq bo‘lishi.
4. Qiblaga qarab turish.
5. O‘z vaqtida o‘qish.
6. O‘qiydigan namoziga niyat qilish.

Namozning 6 rukni (ichida):
1. Iftitoh takbiri
2. Qiyom
3. Qiroat
4. Ruku
5. Sajda
6. Qaʼda (so‘nggi o‘tirish).

Qolgan 5 farzlar
1. Ilm olish
2. Amri maʼruf va nahiy munkar (→ batafsil)
3. Hayz va nifos ilmini bilish (→ batafsil)
4. Rizqni halol yo‘l bilan topish
5. Shariatda halol deyilgan narsalarni yeyish va harom deyilgan narsalardan o‘zini tiyish.