Bolalarga panoh tilash duosi

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynlarga «Uʼiyzukuma bikalimatillahit tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ʼaynin lammah», duosini o‘qib panoh tilar va: «Bu duo otangiz Ismoil va Isʼhoq alayhimussalomlarning panoh tilaydigan duolari edi», deb aytar edilar.
(Maʼnosi: Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararli hasharotlardan va yomon ko‘zdan sizlarga panoh tilayman.) Imom Buxoriy rivoyatlari.

← Boshqa duolar