Rizq, baraka va boylik so'rash duolari

Ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy as‘alukal huda vattuqo val ʼafofa val g‘ina», deb aytardilar.
(Maʼnosi: Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylik so‘rayman.) Imom Muslim rivoyatlari.

Ummu Salama roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otsa:
«Allohumma inniy as`aluka ʼilman nafiʼan va rizqon toyyiban va ʼamalan mutaqobbala», deb aytar edilar.
Maʼnosi: “Allohim, Sendan foydali ilm, pokiza rizq, qabul bo‘ladigan amal so‘rayman.
Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari.

Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz so‘ngida:
«Allohumma inniy aʼuzu bika minal kufri val faqri va ʼazabil qobr», deb aytar edilar.
(Maʼnosi: Allohim, kufrdan, kambag‘allikdan va qabr azobidan Sendan panoh tilayman.)
Ibn Sunniy rivoyatlari.

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga mehmon keldi. U zot ayollarinikiga biron taom so‘rab odam yubordilar. Ularning birontalarining uylarida yegulik topilmadi. Shunda:
«Allohumma, inniy asaluka min fazlika va rohmatika, fainnahu laa yamlikuha illa anta», deya duo qildilar.
Bas, u zotga bir pishirilgan qo‘y hadya qilib olib kelindi. Shunda u zot: «Mana Allohning fazlidandir va biz rahmatga intizor bo‘lamiz», dedilar.

Voqiʼa surasining fazli haqida ko‘p hadislar kelgan. Bu surai karima Rizq surasi deb ham nomlangan. Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Nabiy alayhissalom: «Kim Voqiʼa surasini har kecha o‘qisa, kambag‘allik va hojatmandlik ko‘rmaydi», – deganlar.

→ Voqea surasi

← Boshqa duolar