G‘azab va jahl kelganida o‘qiladigan duo
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurimga kirdilar. O‘sha paytda jahlim
chiqib turgan edi. Burnimning bir tarafini ushlab tortdilar-da, «Ey Uvaysh (Oisha ismining qisqartmasi), «Allohumma ig‘firliy zanbiy va azhib g‘oyza qalbiy va ajirniy minash shaytoni», deb ayt», dedilar».
(Maʼnosi: «Allohim, gunohlarimni kechirib, qalbim g‘azabini ketkaz va shaytondan saqlagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari.