Ko‘z tegishidan qo‘rqqanda o‘qiladigan duolar

"Said ibn Hakim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror narsada ko‘z tegishidan qo‘rqsalar, «Allohumma borik fiyhi vala tazurrahu», deb aytardilar.
(Maʼnosi: «Allohim, unda baraka berib, zarar bermagin».)

Ibn Sunniy rivoyatlari. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki biror narsa ko‘rib ajablansa, «Ma shaallohu la quvvata illa billahi», desa unga zarar yetmaydi», dedilar.
(Maʼnosi: «Alloh xohlagani bo‘ladi. Allohdan boshqa quvvat yo‘q».) Ibn Sunniy rivoyatlari."

← Boshqa duolar