Ofat va baloni daf qilish uchun duo
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo bir bandaga ahli ayoli, moli va farzandida bir neʼmat bersa, u: «Ma sha`allohu la quvvata illa billahi» deb aytsa,
shu neʼmatlarda o‘limdan boshqa ofat ko‘rmaydi», dedilar.
(Maʼnosi: Allohning xohlagani bo‘ladi. Allohdan boshqada quvvat yo‘q.) Ibn Sunniy rivoyatlari.