Og‘iz yopish va ochish duolari saharlik va iftorlik uchun
Saharlik (og‘iz yopish) duosi:
"Navaytu an asuma sovma shahri Ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi taʼala. Allohu akbar."
(Maʼnosi: Ramazon oyining ro‘zasini xolis Alloh uchun subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Alloh Buyukdir.)
Iftorlik (og‘iz ochish) duosi:
"Allohumma laka sumtu va bika amantu va ʼalayka tavakkaltu va ʼala rizqika aftartu. Fag‘firli Ya G‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu."
(Maʼnosi: Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunohlarni afv qiluvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgil.)