Qadr kechasi o‘qiladigan duo
Oisha roziyallohu anho: «Ey Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), agar Laylatul qadr, yaʼni qadr kechasi ekanini
bilsam,
nima deb aytaman», deb so‘radilar, shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma innaka ʼafuvvun, tuhibbul ʼafva faʼfu ʼanniy», deb ayt», dedilar.
(Maʼnosi: Ey Rabbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko‘rasan. Meni afv et.) Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari.