Qarz bo'lganda o'qiladigan duo

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag‘ni topolmay, Hazrati Ali roziyallohu anhudan yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi? Agar: «Allohumma ikfiniy bihalalika ʼan haromika va ag‘niniy bifazlika ʼamman sivaka» duosini o‘qib yursang, qarzing tog‘ning bir taraficha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar.
(Maʼnosi: Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila O‘zingdan boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy rivoyatlari.

← Boshqa duolar