Qo‘rqqanda o‘qiladigan duo

Valid ibn Valid roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning rasuli, men qo‘rqyapman», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘shagingga yotganingda: «Aʼuzu bikalimatillahit tammati min g‘ozobihi va ʼiqobihi va sharri ʼibadihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni», deb ayt, shunda senga biror narsa zarar bermaydi va yaqinlasha olmaydi», dedilar.
(Maʼnosi: Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g‘azabidan, azobidan, bandalarining yomonligidan, shayton vasvasa qilib, mening huzurimda hozir bo‘lishidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari.

← Boshqa duolar