Qattiq shamol bo‘lganida o‘qiladigan duo

Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Agar qattiq shamol bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va aʼuzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar.
(Maʼnosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman). Imom Muslim rivoyatlari.

← Boshqa duolar