Gunohlarga tavba qilish duolari | Istig‘for
"Ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:
«Astag‘firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qayyum va atubu ilayhi», deb aytsa, (Alloh hatto)
urushdan qochgandagi
gunohini ham kechirib yuboradi», dedilar.
(Maʼnosi: Barhayot, tirik Allohdan avf etishini so‘rayman va Unga tavba qilaman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Voy gunohlarim, voy gunohlarim», deb ikki yoki
uch
marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:
«Allohumma mag‘firatuka avsaʼu min zunubiy va rohmatuka arja ʼindiy min ʼamaliy», deb ayt»,
dedilar. U bu duoni o‘qidi.
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takrorla, dedilar. Bas, u takrorladi. So‘ngra yana takrorla, dedilar.
U yana
takrorladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, batahqiq mag‘firat qilinding», dedilar.
(Maʼnosi: Allohim, mag‘firating gunohimdan kengroqdir. Rahmating huzurimdagi amalimdan umidliroqdir.) Imom Hokim
rivoyatlari.
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta «Ya arhamar rohimiyn» («Ey rahm qiluvchilarning rahmlisi»), deb aytadigan kishilarga Alloh taoloning vakil qilingan farishtalari bordir. Kimki buni uch marta aytsa, farishtalar u uchun «Rahm qiluvchilarning rahmlisi (Alloh), Senga yuzlandi, bas, Sen undan so‘ragin, deyishadi». Imom Hokim rivoyatlari."
Istig‘forlarning sayyidi
Shaddod ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim sayyidul istig‘for – «Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ʼabduka va ana ʼala ʼahdika va vaʼdika mastatoʼtu aʼuzu bika
min sharri ma sonaʼtu, abu‘u laka biniʼmatika ʼalayya va abu‘u bizambiy fag‘firliy fainnahu la yag‘firuz zunuba illa
anta»ni kechki payt aytib, shu kuni vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot
etsa, unda ham
jannatga
kiradi», dedilar.
(Maʼnosi: Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga
bergan vaʼdamda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan Sening noming bilan
panoh tilayman. Menga ato qilgan neʼmatlaringga iqror bo‘ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Mening gunohlarimni
kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarimni kechira olmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari.
Juma tongida o‘qiladigan tavba duosi
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni bomdod namozidan
oldin:
«Astag‘firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta aytsa,
Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, kechirib yuboradi», dedilar. (Maʼnosi: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa
iloh yo‘q va Unga istig‘for aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari.