Tong va kechqurunda o‘qiladigan duolar
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ertalab yoki
kechqurun:
«Subhanallohi va bihamdihi», (Allohga hamd aytish bilan Uni aybu nuqsonlardan poklab yod
etaman), deb yuz marta aytsa, qiyomat kuni biror kishi undan afzal bo‘lmaydi. Faqat ana shu kishi aytganidek yoki
undan oshirib aytsagina, bo‘lishi mumkin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Abu Dovudning rivoyatlarida:
«Subhanallohil ʼaziym va bihamdihi», deb kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qizlarining biridan rivoyat qilinadi. U zot qizlariga tong otganida:
«Subhanallohi va bihamdihi, la quvvata illa billahi mashaallohu kana va ma lam yasha lam yakun. Aʼlamu annalloha ʼala kulli shayin qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli shayin ʼilma»,
deb aytishni o‘rgatar edilar. Chunki bu kalimalarni tong otganida aytgan kishi kech kirgunicha muhofaza qilinadi.
Kech kirganida aytsa, tong otgunicha muhofaza etiladi. (Maʼnosi: Allohga hamd aytish bilan Uni poklab yod etaman.
Allohdan boshqada quvvat yo‘q. Alloh xohlagan narsa bo‘ladi. Xohlamagan narsa bo‘lmaydi. Bilamanki, Alloh har bir
narsaga qodirdir. Va, albatta, Alloh har bir narsani ilmi bilan ihota qilgandir.) Abu Dovud rivoyatlari.
Istig‘forlarning sayyidi
Shaddod ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim sayyidul istig‘for – «Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ʼabduka va ana ʼala ʼahdika va vaʼdika mastatoʼtu aʼuzu bika
min sharri ma sonaʼtu, abu‘u laka biniʼmatika ʼalayya va abu‘u bizambiy fag‘firliy fainnahu la yag‘firuz zunuba illa
anta»ni kechki payt aytib, shu kuni vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda
ham jannatga
kiradi», dedilar.
(Maʼnosi: Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga
bergan vaʼdamda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan Sening noming bilan
panoh tilayman. Menga ato qilgan neʼmatlaringga iqror bo‘ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Mening gunohlarimni
kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarimni kechira olmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari.