Bezovta bo‘lib, uxlay olmaganda o‘qiladigan duo
Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uyqusizlikdan shikoyat qildim, u zot:
«Allohumma g‘orotin nujumu va hada`atil ʼuyunu va anta hayyun qoyyum, la ta`xuzuka sinatun va la navm, ya hayyu, ya qoyyumu, ahdiy layliy va anim ʼayniy, deb ayt», dedilar. Shu duoni aytgan edim, Alloh mendan uyqusizlikni ketkazdi».
(Maʼnosi: Allohim, yulduzlar botdi, ko‘zlar tindi. Sen tirik, qoimdirsan. Seni mudroq ham, uyqu ham olmaydi. Ey Hay va Qayyum sifatli Zot, kechamni tinch qilib, ko‘zimga uyqu ber.) Ibn Sunniy rivoyatlari.