Uydan chiqayotganda o‘qiladigan duo
Ummu Salama onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uydan chiqayotib:
«Bismillahi, tavakkaltu ʼalallohi. Allohumma inniy aʼuzu bika an adilla av udalla av azilla av uzalla av azlima av
uzlama av ajhala av yujhala ʼalayya», degan duoni o‘qir edilar».
(Maʼnosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va adashtirilishdan, toyilish va toyiltirilishdan,
zulm qilish va zulm ko‘rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so‘rayman.) Abu Dovud,
Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari.