Uyqudan uyg‘onganda o‘qiladigan duolar
Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu va Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘shaklariga yotsalar, «Bismikallohumma ahya va amutu», deb aytganlar. (Maʼnosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan tirilaman va o‘laman.)
Uyg‘onganlarida: «Alhamdu lillahillaziy ahyana baʼda ma amatana va ilayhin nushur», deb aytar edilar. (Maʼnosi: Bizni o‘ldirgandan keyin tiriltirgan Allohga hamd bo‘lsin. Va biz Ungagina qaytamiz.) Imom Buxoriy rivoyatlari.