Yangi kiyim kiyganda o‘qiladigan duo

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi kiyim kiysalar, sallami, ko‘ylakmi yoki ridomi, bismillohni aytib, so‘ng quyidagi duoni o‘qir edilar: «Allohumma lakal hamdu anta kasavtaniyhi, as`aluka xoyrahu va xoyra ma suniʼa lahu va aʼuzu bika min sharrihi va sharri ma suniʼa lahu».
(Maʼnosi: Ey Rabbim, meni kiyintirganing uchun Senga hamd bo‘lsin. Sendan buning yaxshiligini va unga qilingan yaxshilikni so‘rayman. Va buning yomonligidan va unga qilingan yomonlikdan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyatlari.

← Boshqa duolar