Qurg‘oqchilikda yomg‘ir so‘rash duosi
Qurg‘oqchilik bo‘lganida xuzuʼ bilan Allohga o‘zini xor tutib, istig‘for, zikr va duo qilish ko‘paytiriladi. Ana shu paytda o‘qiladigan duolardan biri ushbudir:
«Allohumma asqina g‘oysan mug‘iysan haniyʼan mariyan g‘odaqan mujallilan sahhan ʼamman tobaqan daiman. Allohumma
ʼalazzirobi va manabitish shajari va butunil avdiyah. Allohumma inna nastag‘firuka innaka kunta g‘offaro. Faarsilis samaa
ʼalayna midroro. Allohumma asqinal g‘oysa va la tajʼalna minal qonitiyn. Allohumma anbit lanazzarʼa va adirro lanazzarʼa
vasqina min barokatis samai vanbit lana min barokatil arzi. Allohumma irfaʼ annal jahda val juvʼa valʼurya. Vakshif ʼanna
minal balai maa laa yakshifuhu g‘oyruka».
(Maʼnosi: Ey Rabbim, bizni yoqimli, foydali, yaxshi, unumli, qoplaydigan, shaldirab oquvchi, shomil, bir-biriga yopishgan yomg‘ir
bilan sug‘or. Ey Rabbim, bu yomg‘irni chekka joylarga, daraxtzorlarga, vodiylarga yog‘dir. Ey Rabbim, Senga istig‘for aytaman.
Albatta, Sen kechiruvchi zotsan. Bizga osmondan ko‘p yog‘uvchi yomg‘irni yubor. Ey Rabbim, bizni yomg‘ir ila sug‘or va bizni
noumidlardan qilma. Ey Rabbim, bizga o‘simliklarni o‘stir, yomg‘irni ko‘p miqdorda yog‘dir. Osmon barakasidan bizni sug‘or. Yer
barakasidan o‘simliklarimizni o‘stir. Ey Rabbim, bizdan qiyinchilik, ochlik, yalang‘ochlikni ko‘tar. Va bizdan baloni olib
tashla, chunki Sendan boshqa kishi olib tashlay olmaydi».