Yomg‘ir zararidan qo‘rqqanda o‘qiladigan duo

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir kishi juma kuni eshikdan kirib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘shanda tik turib xutba aytayotgan edilar. U: «Ey Allohning rasuli, mollar halok bo‘lib, ko‘chalar huvillab qoldi. Allohga duo qiling, yomg‘irni to‘xtatsin», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qo‘llarini ko‘tarib:
«Allohumma havaliyna va la ʼalayna Allohumma ʼalal akami vazzirobi va butunil avdiyati va manabitish shajari» (Ey Rabbim, atrofimizga yog‘dir, ustimizdan yog‘dirma, ey Rabbim, uni tepaliklarga, tog‘larga, vodiylarga, daraxtzorlarga yog‘dir), dedilar. Keyin yomg‘ir to‘xtadi, biz ko‘chaga chiqdik va quyosh nuri ostida yurib ketdik». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari.

← Boshqa duolar