Uxlash uchun to‘shakka yotganda o‘qiladigan duolar
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi to‘shakka
yotayotganida ko‘rpa
va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida nima borligini bilmaydi. So‘ng: «Bismika robbiy vazoʼtu jambiy va bika arfaʼuhu, in amsakta nafsiy farhamha va in arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi
ʼibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar.
(Maʼnosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan turaman. Agar mening ruhimni olsang, unga rahm
qil. Agar uni qo‘yib yuborsang, xuddi solih bandalaringni saqlaganingdek, uni ham hifzu himoyangga ol.) Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘shaklariga yotsalar, qo‘llariga suflab, ikkita
«Qul aʼuzu»ni o‘qir, so‘ng tanalariga surtar edilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.