Abasa surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. ʼabasa va tavallaa;

2. an jaa'ahul aʼmaa;

3. Va maa yudriika laʼallahu yazzakkaa;

4. Av yazzakkaru fatanfaʼahuz zikroo;

5. Ammaa manistag‘naa;

6. Fa anta lahuu tasoddaa;

7. Va maa ʼalayka alla yazzakkaa;

8. Va amma man jaa`aka yasʼa;

9. Va huva yaxshaa;

10. Fa anta ʼanhu talahhaa;

11. Kallaa innaha tazkiroh;

12. Faman shaa`a zakaroh;

13. Fiy suhufim mukarromah;

14. Marfuuʼatim mutohharoh;

15. Bi aydiy safaroh;

16. Kiromim baroroh;

17. Qutilal insanu maa akfaroh;

18. Min ayyi shay`in xolaqohuu;

19. Min nutfatin xolaqohu faqoddarohu;

20. Summas sabiyla yassarohu;

21. Summa amaatahu fa`aqbarohu;

22. Summa iza sha`a ansharohu;

23. Kallaa lammaa yaqzi maa amarohu;

24. Fal yanzuril insanu ila toʼaamihi;

25. Annaa sobabnal maa sobban;

26. Summa shaqoqnal arzo shaqqov;

27. Fa ambatna fiyha habbav;

28. Va inaban va qozbav;

29. Va zaytuunav va naxlav;

30. Va hadaa`iqo g‘ulbav;

31. Va faakihatav va abbaa;

32. Mataaʼal lakum va lianʼamikum;

33. Fa`izaa jaa-atis-sooxxoh;

34. Yavma yafirrul mar`u min axiyhi;

35. Va ummihii va abiyhi;

36. Va sohibatihi va baniyhi;

37. Likullimri`im minhum yavma`izin sha`nuy yug‘niyh;

38. Vujuuhuy yavma`izim musfiroh;

39. Zohikatum mustabshiroh;

40. Va vujuuhuy yavma`izin ʼalayha g‘oba-roh;

41. Tarhaquhaa qotaroh;

42. Ulaaika humul kafarotul fajaroh.


Abasa surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan. 42 oyatdan iborat.

«Abasa» so‘zi «yuz burishtirdi» degan maʼnoni bildiradi. Ushbu surai karima mazkur so‘z bilan boshlangani uchun unga nom ham bo‘lib qolgan.

Abasa surasi makkiy suralardan bo‘lib, aqiyda va payg‘ambarlikka tegishli masalalarni muolaja qiladi. Shuningdek, unda insonni yaratishdagi, nabototdagi va taomdagi dalillar orqali Alloh taoloning Biru Borligi isbot etiladi. Yana Abasa surasida qiyomat kuni va uning dahshatlari haqida ham so‘z ketadi.

Surai karimaning avvalida aʼmo (ko‘zi ojiz) sahobiy Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhuning qissalari keltiriladi. U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Quraysh aʼyonlari bilan mashg‘ul ekanliklarini ko‘rmay, u zot alayhissalomga baland ovoz bilan: «Ey Allohning Rasuli, Alloh o‘zingizga o‘rgatgan narsadan menga ham o‘rgating», deb xalaqit berganlari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan g‘ijinib, yuzlarini burishtirganlari va yuz o‘girganlari hikoya qilinadi. Shundan keyin esa u zot sollallohu alayhi vasallamga mazkur ish tufayli itobi ilohiy keladi.

So‘ngra Alloh taoloning hadsiz-hisobsiz neʼmatlariga qaramay, insonning noshukr, nonko‘r va kofir bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi.

Keyin esa insonning nazari o‘zining, Alloh taoloning Biru Borligiga dalil bo‘luvchi narsalarga qaratiladi. O‘sha narsalardan ibrat olib, shukr qilish va iymonga kelishga daʼvat qilinadi.

Suraning oxirida esa qiyomat va uning dahshatlari, o‘sha kunda kishilar o‘zining eng yaqin kishilarini ham tashlab qochishlari, o‘shandoq og‘ir kunda mo‘minlarning holi qanday bo‘ladi-yu, kofirlarning holi qanday bo‘ladi, bayon qilinadi.

Islomning avvalida musulmonlarning soni sekinlik bilan o‘sgan. Nabiy alayhissalom ko‘p g‘ayrat qilib, ko‘proq odamni daʼvat qilishga urinardilar. Ul zoti bobarakot alayhissalomning, Makkadagi obro‘li, mol-dunyoga ega kishilardan ham Islomga kirib qolsa, yaxshi bo‘lardi, degan fikrlari bor bo‘lib, Makka aʼyonlari bilan o‘tirib, ularni Islomga daʼvat qilish bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Bir kuni Quraysh qabilasi aʼyonlaridan baʼzilarini dinga daʼvat qilib turganlarida ikki ko‘zi ko‘r Abdulloh ibn Ummu Maktum ismli sahobiy: «Ey Allohning Rasuli, Alloh o‘rgatgan narsadan menga ham o‘rgating», – deb baland ovoz bilan qichqirib, kelib qoldi. Nabiy alayhissalomning nima bilan mashg‘ul ekanliklarini bilmasdan, bu so‘zlarni bir necha marta takrorladi. Bu Muhammad alayhissalomga yoqmadi: yuzlarini burishtirdilar, undan yuz o‘girdilar. Shunda Alloh taolo O‘z Payg‘ambariga xitob qilib, ushbu surai karimaning avvalidagi oyatlarni nozil qildi. Bu ham Qurʼonning haqiqiy ilohiy Kitob ekaniga yorqin dalildir. Qaysi boshliq o‘ziga nisbatan qilingan tanqidning asrlar bo‘yi o‘qiladigan ilohiy kitobda sobit bo‘lishini xohlaydi?!

Shundan so‘ng Nabiy alayhissalom Abdulloh ibn Ummu Maktumni doimo hurmat qilib yurganlar.

← Boshqa suralar