Adiyat surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Val ʼaadiyati zobhaa;
2. Fal muuriyati qodhaa;
3. Fal mug‘iirooti subhaa;
4. Fa asarna bihi naqʼa;
5. Fa vasatna bihii jamʼa;
6. Innal insaana liRobbihi lakanuud;
7. Va innahu ʼalaa zaalika lashahiid;
8. Va innahu lihubbil xoyri lashadiid;
9. Afalaa yaʼlamu izaa buʼsiro maa fil qubuur;
10. Va hussila maa fis suduur;
11. Inna Robbahum bihim yavma`izil laxobiir.
Adiyat surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 11 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning nomi ham o‘zining birinchi oyatidagi birinchi so‘zdan olingan. «Adiyat» so‘zi «chopuvchilar» degan maʼnoni bildiradi. Ushbu surada esa «adiyat»dan mujohidlarning Alloh taoloning yo‘lidagi jihodda chopuvchi otlari ko‘zda tutilgan. Alloh subhanahu va taolo ushbu surai karimada mujohidlar mingan otlarning turli sifatlari ila qasam ichib, inson o‘z Robbi neʼmatining qadriga yetmasligini taʼkidlaydi. Shu bilan birga, u yaxshilik, molu dunyoni xush ko‘rishi ham alohida taʼkidlanadi. Va, nihoyat, oxiratda hamma narsa ayon bo‘lishi bayon qilinadi.