Aʼla (aʼlo) surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Sabbihisma Robbikal aʼlaa;
2. Allaziy xolaqo fasavvaa;
3. Vallaziy qoddaro fahadaa
4. Vallazii axrojal marʼaa;
5. Fajaʼalahuu g‘usa'an ahvaa;
6. Sanuqri'uka falaa tansaa;
7. Illaa maa shaa Allohu, innahu yaʼlamul jahro va maa yaxfaa;
8. Va nuyassiruka lil yusroo;
9. Fazakkir in nafaʼatiz zikroo;
10. Sa yazzakkaru may yaxshaa;
11. Va yatajannabuhal ashqoo;
12. Allaziy yaslan narol kubroo;
13. Summa la yamuutu fiyhaa vala yahyaa;
14. Qod aflaha man tazakkaa;
15. Va zakarosma robbihi fasollaa;
16. Bal tu'sirunal hayatad-dunya;
17. Val aaxirotu xoyruv va abqoo;
18. Inna haazaa lafis suhufil uulaa;
19. Suhufi Ibrohiima va Muusaa.
Aʼla surasi haqida maʼlumot
Makkada tushgan, 19 oyatdan iborat
«Aʼlo» lug‘atda «Eng oliy zot» maʼnosini bildiradi. Sura yana birinchi oyatidagi so‘z bilan «Sabbih» deb ham nomlanadi. Sura avvalida barcha narsadan oliy va yuksak Zot – Alloh taoloning nomini pok tutishga amr etilgani uchun ham u shunday nomlangan. So‘ngra Haq taolo O‘z payg‘ambariga nozil qiladigan oyatlarini u kishining qalbiga aslo o‘chmaydigan qilib muhrlab qo‘yishi haqida bashorat beradi. Bu surada faqat Yaratgandan qo‘rqadigan kishilargina pand-nasihatni qabul qilib foydalanishlari, ammo do‘zaxiy badbaxtlar esa nasihat eshitishdan qochib, oxiratlarini barbod qilishlari bayon etiladi. Sura nihoyasida o‘zini pok tutib, Parvardigorini yod etib, namoz-ibodatini kanda qilmaydigan har bir kishi albatta najot topishi xabari beriladi.