Balad surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Laa uqsimu bihazal balad;
2. Va anta hillum bihazal balad;
3. Va validiv va maa valad;
4. Laqod xolaqnal insana fiy kabad;
5. Ayahsabu allay yaqdiro ʼalayhi ahad;
6. Yaquulu ahlaktu malal lubadaa;
7. Ayahsabu allam yarohuu ahad;
8. Alam najʼal lahuu ʼaynayni;
9. Va lisanav va shafatayni;
10. Va hadaynaahun najdayni;
11. Falaq tahamal ʼaqobata;
12. Va maa adrooka mal ʼaqobah;
13. Fakku roqobah;
14. Av itʼamuv fiy yavmin ziy masg‘obah;
15. Yatiyman zaa maqrobah;
16. Av miskiynan zaa matrobah;
17. Summa kaana minallaziina aamanuu va tavaasov bissobri va tavaasov bil marhamah;
18. Ulaa'ika asʼhaabul maymanah;
19. Vallaziina kafaruu biaayaatinaa hum asʼhabul mash'amah;
20. ʼalayhim naarum mu'sodah.
Balad surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 20 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning nomi ham o‘zining birinchi oyatdagi so‘zidan olingan. «Balad» so‘zi, «yurt, o‘lka, shahar» manosini anglatadi. Ushbu oyatdagi «Balad»dan murod esa Makkai Mukarrama shahridir.
Bundan avvalgi surada boylikni yaxshi ko‘rganlar, merosni haromdan ko‘plab yeganlar, miskinlarga taom berishga qiziqmaganlar tanqid qilindi. Endi bu surada boylik egalarining qul ozod qilish, ochlik kunlarida taom berish kabi xislatlari zikr qilinadi. Shuningdek, nafs xotirjamligi nima bilan hosil bo‘lishi ham aytiladi.
Bu surada juda qisqa so‘zlar ila oxirat hayotining borligi, Alloh insonga ikki yo‘l–saodat yo‘li va baxtsizlik yo‘lini ko‘rsatib qo‘yganligi, inson xohlaganini tanlab yurishligi, oqibatda esa qilganiga yarasha mukofot yoki jazo olishi aytiladi.
Boy kishilarda iymon bo‘lmasa hovliqib ketishlari, dunyoda menga kuchi yetadigan hech kim yo‘q, men u qildim, men bu qildim, deb maqtanishlari eslatiladi. Aslida esa, boy odam beva-bechora, kambag‘al-miskin, yetim-esirlarga yordam berishi lozimligi uqtiriladi.
Shunday qilib, Alloh musulmonlarni insonparvarlik, mehr-shafqat, birodarlik va boshqa yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab boradi.
Boshqa Makkiy suralar qatori «Balad» surasining maqsadi ham iymon-etiqodni sobit qilish bo‘lib, unda asosan oxiratdagi hisob-kitob va jazo-mukofot masalasi va shuningdek, yaxshilar bilan yomonlarning orasini ajratish masalasi muolaja qilinadi.
Surai karimaning boshida Baladul Harom–Makkai Mukarrama bilan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yashab turgan shahar bilan qasam ichilib, Volid va uning avlodlari ila qasam ichilib, inson bu dunyoda mashaqqat tortishi muqarrar ekani takidlanadi.
So‘ngra bazi bir kishilar o‘zlari kofir va osiy bo‘lib turib, molu mulklarini noto‘g‘ri yo‘lda sarflab turib ham, ana o‘sha sarf-xarajatlari o‘zidan azobni qaytarishini noto‘g‘ri davo qilishlari va aslida ular nima qilishlari kerakligi bayon qilinadi.
Sura xotimasida esa, oxiratda mo‘minlarning holi qandoq bo‘ladi-yu, kofirlarning holi qandoq bo‘ladi, qisqacha vasf qilinadi.