Bayyina surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Lam yakunillaziyna kafaruu min ahlil kitaabi val mushrikiina munfakkiina hattaa ta`tiyahumul bayyinah;
2. Rosuulum minallohu yatluu suhufam mutohharoh;
3. Fiyhaa kutubun qoyyimah;
4. Va maa tafarroqollaziina uutul kitaaba illaa mim baʼdi maa jaa`athumul bayyinah;
5. Va maa umiruu illa liyaʼbudulloha muxlisiina lahud-diina hunafaa`a va yuqiymus solaata va yuʼtuz zakaata, va zaalika diinul qoyyimah;
6. Innallaziina kafaruu min ahlil kitabi val mushrikiina fii naari jahannama xoolidiina fiyhaa, ulaaika hum sharrul bariyyah;
7. Innallaziina aamanuu va ʼamilus soolihaati ulaaika hum xoyrul bariyyah;
8. Jazaa`uhum ʼinda Robbihim Jannaatu ʼadnin tajrii min tahtihal anhaaru xoolidiina fiyhaa abadaa. Roziyalloohu ʼanhum va rozuu ʼanh, zaalika liman xoshiya Robbah.
Bayyina surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 8 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning nomi ham o‘zining birinchi oyati oxiridagi kelgan «Bayyina» so‘zidan olingandir.
«Bayyina» so‘zi lug‘atda «bayon qiluvchi», «ochiq-oydin hujjat» va «dalil» maʼnosini bildiradi. Haqni sobit qilish uchun keltiriladigan ashyoviy dalil-bayyinadir. Ushbu suradagi «Bayyina» Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Payg‘ambarliklaridir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Qurʼon nozil bo‘lishidan avval olamni fisq-fasod qoplagan, hamma diyonatlar botil, bidʼat, xurofotga to‘lgan edi. Ahli kitob ham, mushriklar ham barobariga aqidasi buzuq kishilarga aylangan edilar.
Yahudiylar mushrik arablarga, bizning muqaddas kitobimizda aytilishicha, yaqinda Alloh arablardan bir Payg‘ambar yuboradi, u haq bilan hukm qiladi, adolat o‘rnatadi, biz unga ergashib sizlarning ustingizdan g‘alaba qilamiz, deyishardi. Mushriklar bo‘lsa, undoq bo‘lsa, Sizdan ko‘ra biz unga yaqinroq bo‘lamiz, deb yangi Payg‘ambar kelishini orziqib kutardilar.
Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Payg‘ambar qilib yuborganida esa barchalari u zotga qarshi chiqdilar. Kufr qalblarini ko‘r qildi va iymon yo‘lini to‘sdi.
Ushbu surai karima mazkur haqiqatni bayon qilib keldi.
«Bayyina» surasi Makkiy suralardan bo‘lib, uni «Lam yakun» surasi ham deyiladi. Bu surai karima:
- Ahli kitoblarning Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Payg‘ambarliklariga nisbatan munosabatlarini.
- Alloh taologa ixlos ila ibodat qilish masalasini.
- Oxiratda kofiru mushriklar va mo‘minlarning oqibati qandoq bo‘lishi masalasini bayon qiladi.
Surai karima ahli kitoblar: yahudiy va nasorolarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning daʼvatlariga bo‘lgan munosabatlarini bayon qilish ila boshlanadi.
So‘ngra iymonning muhim unsurlaridan biri bo‘lgan Allohga ixlos ila ibodat qilish masalasi muolaja qilinadi.
Suraning oxirida esa, ahli kitob va mushriklar odamlarning yomonlari ekanligi hamda ularning jahannamga kirishlari bayon qilinadi.
Shuningdek, mo‘min-musulmonlarning odamlarning yaxshisi ekanliklari va ular jannatdan joy olishlari muqarrar ekanligi taʼkidlanadi.