Buruj surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Vas samaa'i zatil buruuj;
2. Val yavmil mavʼuud;
3. Va shaahidiv va mashhuud;
4. Qutila asʼhaabul uxduud;
5. an Nari zaatil vaquud;
6. Iz hum ʼalayhaa quʼuud;
7. Va hum ʼalaa maa yafʼaluuna bil mu'miniina shuhuud;
8. Va maa naqomuu minhum illaa ay yu'minuu billahil ʼaziizil hamiid;
9. Allaziy lahuu mulkus-samavaati val arzi, vallohu ʼala kulli shay'in shahiid;
10. Innallaziyna fatanul mu'miniina val mu'minaati summa lam yatuubuu falahum ʼazaabu jahannama va lahum ʼazaabul hariiq;
11. Innallaziina aamaanuu va ʼamilus-solihaati lahum jannaatun tajrii mintahtihal anhar, zalikal favzul kabiir;
12. Inna batsha Robbika lashadiid;
13. Innahuu huva yubdi'u va yuʼiid;
14. Va huval g‘ofurul vaduud;
15. Zul ʼarshil majiid;
16. Faʼʼaalul limaa yuriid;
17. Hal ataaka hadiisul junuud;
18. Firʼavna va samuud;
19. Balillaziina kafaruu fii takziib;
20. Vallohu miv varooihim muhiit;
21. Bal huva Qurʼanum majiid;
22. Fiy lavhim mahfuuz;
Buruj surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 22 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning ismi uning birinchi oyatidagi «Zotil Buruji» so‘zidan olingan. «Buruj», burjning jami bo‘lib, lug‘atda «ko‘tarilish», «zohir bo‘lish» manolarini anglatadi, istemolda esa bir turkum yulduzlarga ham aytiladi.
«Buruj» surasi ham boshqa Makkiy suralarga o‘xshab Islom aqidasi haqiqatlarini muolaja qiladi.
Bu sura dushmanlar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni va musulmonlarni dindan qaytarish maqsadida qattiq azobga duchor qilganlarida tushgan. Bu surada Alloh dushmanlarni ogohlantirib, oqibatlari yomon bo‘lishini eslatadi.
Mo‘minlarni esa sabrga chaqiradi. Ulardan avval o‘tgan dindorlar ham ko‘p azob-uqubatlarga duchor bo‘lganliklarini aytadi.
«Asʼhabul uxdud» qissasini o‘rnak uchun keltiradi.
Kofirlar Firavn yoki Samud qavmi kabi kuchli, askarlari ko‘p bo‘lsa ham, mag‘lubiyatga uchrashini eslatadi.
Oxiratda esa mo‘minlar jannatda, ularning dushmanlari do‘zaxda bo‘ladi.
«Buruj» surasi burjlar egasi bo‘lmish osmon ila, vada qilingan kun-qiyomat ila va guvohu guvohlik berilganlar ila qasam ichish bilan boshlanadi.
Keyin esa, uxdud egalarining qissasi va ularga nisbatan qilingan tahdid zikr qilinadi.
So‘ngra Alloh taolo O‘zining mo‘min bandalariga ozor berganlardan o‘ch olishga qodir ekanligi bayon etiladi. Shuningdek, Firavn va uning lashkari qissasi keltiriladi.
Va nihoyat Quryoni Karimni vasf qilish ila sura karimaga xotima yasaladi.