Fajr surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Val fajr;

2. Va layalin ʼashr;

3. Vash shafʼi val vatr;

4. Val layli iza yasr;

5. Hal fiy zalika qosamul liziy hijr;

6. Alam taro kayfa faʼala Robbuka biʼaad;

7. Iroma zatil ʼimaad;

8. Allatii lam yuxlaq misluhaa fil bilaad;

9. Va samuudallaziina jaabus-soxro bilvaad;

10. Va firʼavna zil avtaad;

11. Allaziina tog‘ov fil bilaad;

12. Fa aksaruu fiyhal fasaad;

13. Fa sobba ʼalayhim Robbuka savto ʼazaab;

14. Inna Robbaka labil mirsood;

15. Fa ammal insaanu izaa mabtalaahu Robbuhuu, fa akromahuu; va naʼʼamahuu, fa yaquulu Robbiy akroman;

16. Va ammaa izaa mabtalaahu faqodaro ʼalayhi rizqohu, fa yaquulu Robbiy ahaanan;

17. Kallaa! Bal laa tukrimuunal yatiym;

18. Va laa tahaazzuuna ʼalaa toʼamil miskiin;

19. Va ta'kuluunat turoosa aklal lammaa;

20. Va tuhibbuunal maala hubban jammaa

21. Kallaa izaa dukkatil arzu dakkan dakkaa;

22. Va jaa'a Robbuka val malaku soffan soffaa;

23. Va jiiy'a yavma'izim bi jahannama, yavma'iziy yatazakkarul insaanu va annaa lahuz zikroo;

24. Yaquulu yaa laytanii qoddamtu lihayaatii;

25. Fa yavma'izil laa yuʼazzibu ʼazaabahuu ahad;

26. Va la yuusiqu vasaqohuu ahad;

27. Yaa ayyatuhan nafsul mutma'innah;

28. Irjiʼii ilaa Robbiki roziyatam marziyyah;

29. Fadxuliy fiy ʼibaadiy;

30. Vadxuliy Jannatiy.


Fajr surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan. 30 oyatdan iborat.

Ushbu surai karimaning birinchi oyati o‘ziga nom qilib olingan.

Bu sura Makka mushriklari musulmonlarni azoblab, dinga qarshilik qilib, Allohning aytganiga yurmay turgan bir paytda nozil bo‘lgan.Alloh taolo suraning avvalida bir necha narsalar bilan qasam ichib, so‘ngra qiyomat kuni albatta bo‘lishligini va unda har bir kishi bu dunyoda qilganiga yarasha mukofot yoki jazo olishini aytadi. Makka mushriklariga ulardan avval ham Od, Samud, Firavn qavmlariga o‘xshashlar o‘tib, osiylik qilganlari uchun oxir-oqibatda azobga duchor bo‘lganlarini, ularning kuch-quvvati, molu mulki vaqti kelganda hech qanday foyda bermaganligini eslatadi.

Shu bilan birga hamma narsani, qadr-qiymatni molu mulk bilan o‘lchashlik ham xato ekanini aytadi. Molu mulk insonga sinov uchun berilishini yoki berilmay qolishini takidlaydi. Hamma qiyomatda o‘z qilmishiga yarasha mukofot yoki jazo olishi muqarrardir.

Mazkur manolarning surada kelish tartibi quyidagicha:

Suraning boshida fajr, o‘n kecha, juftu toq narsalar va yurilgan tun bilan qasam ichiladi.

So‘ngra Od, Samud va Firavn qissalari o‘ziga xos uslub va suraning siyoqiga mos ravishda eslatilib ularning oqibatidan o‘rnak olishga chaqiriladi.

Keyin esa, Alloh taolo insonga uni sinash uchun nemat bersa u o‘zini qandoq tutishi bayon qilinadi.

Suraning oxirida esa qiyomat kunining dahshatlari, undagi bazi voqealar, u kunda kofir insonning holi nima bo‘ladiyu, mo‘min insonning holi nima bo‘ladi-qisqa iboralar ila vasf qilinadi.

← Boshqa suralar