G‘oshiya surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Hal ataaka hadiisul g‘oshiyah;
2. Vujuhuy yavma'izin xoshiʼah;
3. ʼamilatun nasibah;
4. Taslaa naron hamiyah;
5. Tusqoo min ʼaynin aaniyah;
6. Laysa lahum toʼamun illaa min zoriʼ;
7. La yusminu va laa yug‘nii min juuʼ;
8. Vujuhuy yavma'izin naaʼimah;
9. Lisaʼyihaa roziyah;
10. Fiy Jannatin ʼaliyah;
11. Laa tasmaʼu fiyhaa lag‘iyah;
12. Fiyha ʼaynun jariyah;
13. Fiyha sururum marfuʼah;
14. Va akvabum mavzuʼah;
15. Va namaariqu masfufah;
16. Va zaroobiyyu mabsusah;
17. Afalaa yanzuruuna ilal ibili kayfa xuliqot;
18. Va ilas samaa'i kayfa rufiʼat;
19. Va ilal jibaali kayfa nusibat;
20. Va ilal arzi kayfa sutihat;
21. Fazakkir innamaa anta muzakkir;
22. Lasta ʼalayhim bimusoytir;
23. Illa man tavallaa vakafar;
24. Fa yuʼazzibuhullohul ʼazaabal akbar;
25. Inna ilaynaa iyabahum;
26. Summa inna ʼalaynaa hisaabahum.
G‘oshiya surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 26 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning nomi ham o‘zining birinchi oyatidagi so‘zdan olingan. «G‘oshiya»-«o‘rab, bosib, oluvchi» manosidadir. Qiyomat kuni shu nom bilan ham nomlanadi. Chunki, U kun o‘z dahshati ila hamma narsani o‘rab, bosib oladi.
«G‘oshiya» surasi Makkiy suralardan bo‘lib, uning muolaja qilgan mavzusi asosan ikkiga bo‘linadi. Suraning birinchi bo‘lagi qiyomat kuni, uning ahvollari va dahshatlarini, U Kunda kofirga bo‘ladigan azob-uqubatlarni va mo‘minga bo‘ladigan izzat ikromlarni bayon qiladi.
«G‘oshiya» surasining ikkinchi yarmi esa,Alloh taoloning vahdoniyati va cheksiz qudratiga turli dalillar keltirib, tuyaga, osmonga, tog‘larga va yerga ibrat ko‘zi bilan nazar solishga chaqiradi. Bu sura Islomning avvalida, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ommaviy davatni boshlab, Makka mushriklari buni inkor qilgan paytlarda nozil bo‘lgan.
Avval boshda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kishilarni yagona Allohga va u dunyoda ham hayot borligiga ishontirishga urindilar. Qiyomat kuni xaloyiq ikkiga bo‘linadi, bir guruh ahli jannat, ikkinchisi esa ahli do‘zax. Agar kishilar bunga ishonmasalar, o‘zlariga kunda uchrab turadigan bazi narsalarga nazar solsinlar. Misol uchun tuyaga, uning maxsus tuzilishiga, chidamligiga. Osmonga, yerga, tog‘larga nazar solsin. Bularning hammasi o‘z-o‘zidan bo‘lib qolganiga ishonmaydi-yu, osmonu yer, tog‘u dengizlarning yaratuvchisi haqida fikr yuritmaydi? Ha, bu narsalarning va butun dunyoning yaratuvchisi bor, u ham bo‘lsa qudratliAlloh taolo. Mana shu narsalarni yaratgan Alloh, qiyomat kuni ularni qaytadan yig‘ib olishga qodirdir.
«Ey Payg‘ambar, deydi Alloh, dushmanlar ishonmasa, sen, ularni majbur qilmaysan, sening vazifang yetkazib qo‘yish, xolos. Hisob-kitobni Men O‘zim vaqti kelganda qilib olaman».