Infitor surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Izas samaauv fatorot;
2. Va izal kavaakibun tasarot;
3. Va izal bihaaru fujjirot;
4. Ba izal qubuuru buʼsirot;
5. ʼalimat nafsum maa qoddamat va axxorot;
6. Yaaa ayyuhal insaanu maa g‘orroka birobbikal kariim;
7. Allaziy xolaqoka fasavvaaka faʼadalak;
8. Fiy ayyi suurotim maa shaa'a rokkabak;
9. Kallaa bal tukazzibuuna bid-diyn;
10. Va inna ʼalaykum lahafiziin;
11. Kirooman kaatibiin;
12. Yaʼlamuuna ma tafʼaluun;
13. Innal abroro lafii naʼiim;
14. Va innal fujjaro lafii jahiim;
15. Yaslavnahaa yavmad-diin;
16. Va ma hum ʼanhaa big‘oo'ibiin;
17. Va maa adroka maa yavmud-diin;
18. Summa maa adroka maa yavmud-diin;
19. Yavma laa tamliku nafsul-linafsin shay'av val amru yavma'izil lillah.
Infitor surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 19 oyatdan iborat.
Ushbu suraning nomi o‘zining birinchi oyatidagi «infatorot» so‘zidan olingan bo‘lib, «yorilish» manosini anglatadi.
«Infitor» surasida ham o‘zidan avvalgi «Takvir» surasidagi kabi qiyomat haqida so‘z yuritiladi. Lekin o‘ziga xos uslubda va o‘ziga xos ohangda so‘z yuritiladi. Bu sura g‘ururga ketgan insonga xitob qiladi. Dinni, qiyomatni yolg‘onga chiqarmaslikka undaydi. Agar bu narsalarni unutib qo‘ysa ham, unga biriktirib qo‘yilgan farishtalar hech narsani qoldirmay yozib borishini, qiyomat kuni esa hisob-kitob bo‘lishini eslatadi. Yaxshilarning oqibati nima bo‘lishi ham bu surai karimada o‘ziga xos ravishda zikr qilinadi.
«Infitor» surasining avvalida qiyomat kuni borliqda yuzaga keladigan ulkan inqilob, to‘ntarish va dahshatlar: osmonning yorilishi, yulduzlarning sochilib ketishi, dengizlarning portlashi, qabrlarning ichidagi narsalar sochilishi va undan so‘ng hisob-kitob bo‘lishi haqida so‘z ketadi.
So‘ngra esa, surai karima bandaning o‘z Robbisiga noshukurligi haqida, Uning nematlaridan bahramand bo‘lib turib, qadrini bilmasligi, nemat beruvchi Zotning haqqini bilmasligi, Uning fazli karamini etirof qilmasligi haqida so‘z yuritadi.
Shu bilan birga «Infitor» surasida ana o‘sha noshukurlikning sababi ham bayon etiladi. Alloh taolo har bir insonga u shukr qilyaptimi, kufroni nemat qilyaptimi-yozib borish uchun farishtalarni vakil qilib qo‘ygani ham takidlanadi.
Keyin esa, surai karima oxiratda odamlar ikki qismga: abrorlarga va fujjorlarga taqsimlanishi, abrorlar jannati naiymga tushib, fujjorlar do‘zaxi jahiymga tushishlari haqida takidli xabar beradi.
Suraning xotimasida esa, qiyomat kunining ulug‘vorligi va dahshati tasvirlanadi. Odamlar U Kunda hamma narsadan ajrab, quruq o‘zlari qolishlari, hukm esa, yolg‘iz Allohning O‘ziga qolishi haqida so‘z ketadi.
«Infitor» surasi Imom Termiziy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Kim qiyomat kuniga o‘z ko‘zi bilan ochiq-oydin nazar solmoqchi bo‘lsa, «Izashshamsu kuvvirot», «Izas samaaun fatorot» va «Izassamaaun shaqqot» suralarini qiroat qilsin»,–deb aytilgan suralardan biridir.
Demak, siz bilan biz hozir qiyomat kuniga o‘z ko‘zimiz bilan ochiq-oydin nazar solish uchun ushbu surai karimani o‘rganishni boshlaymiz. Alloh taolo bu surani o‘rganish orqali qiyomat kunini o‘z ko‘zimiz ila ochiq-oydin ko‘rganimizdan keyin dunyoda undan qo‘rqib, unga tayyorgarlik ko‘rib o‘tadigan bandalardan qilsin.