Inshiqoq surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Izas samaa'un shaqqot;
2. Va azinat lirobbihaa va huqqot;
3. Va izal arzu muddat;
4. Va alqot maa fiyhaa va taxollat;
5. Va azinat lirobbihaa va huqqot;
6. Yaaa ayyuhal insaanu innaka kaadihun ila Robbika kadhav famulaqiih;
7. Fa ammaa man uutiya kitaabahu biyamiynihiy;
8. Fa savfa yuhaasabu hisabay yasiyro;
9. Va yanqolibu ilaa ahlihi masruuro;
10. Va amma man uutiya kitaabahu varoo'a zohrihii;
11. Fa savfa yadʼuu subuuro;
12. Va yaslaa saʼiyro;
13. Innahu kaana fii ahlihii masruuro;
14. Innahu zonna al lay yahuuro;
15. Balaa inna robbahuu kaana bihii basiiro;
16. Falaa uqsimu bish-shafaq;
17. Val layli va maa vasaq;
18. Val qomari izat-tasaq;
19.Latarkabunna tobaqon ʼan tobaq;
20. Fama lahum la yuʼminuun;
21. Va'iza quri'a ʼalayhimul Qurʼanu laa yasjuduun;
22. Balillaziyna kafaruu yukazzibuun;
23. Vallohu aʼlamu bimaa yuuʼuun;
24. Fabashshirhum biʼazabin aliim;
25. Illallaziyna aamanuu va ʼamilus-soolihaati lahum ajrun g‘oyru mamnuun.
Inshiqoq surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 25 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning nomi o‘zining «Izassamaaun inshaqqot» oyatidan olingan. «Inshiqoq» so‘zi arabchada «yorilish» manosini ifoda qiladi. Mazkur oyatda esa qiyomat kuni osmon yorilishi haqida so‘z ketmoqda.
«Inshiqoq» surasi ham boshqa Makkiy suralar qatori Islom aqidasi asoslarini muolaja qiladi. Xususan, bu surai karimada qiyomat masalasiga alohida etibor beriladi. Zotan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham Imom Termiziy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Kim qiyomat kuniga o‘z ko‘zi bilan ochiq-oydin nazar solmoqchi bo‘lsa, «Izashshamsu kuvvirot», «Izassamaaun fatarot» va «Izassamaaun inshaqqot» suralarini qiroat qilsin», deganlar. Keling, qiyomatga o‘z ko‘zimiz bilan ochiq-oydin nazar solib ko‘raylik-chi? Sura avvalida qiyomat kuni borliqda sodir bo‘ladigan ulkan o‘zgarishlar haqida so‘z ketadi. So‘ngra inson xohlasa-xohlamasa, Allohning huzurida hisob berishi, agar bu dunyoda yaxshi o‘tgan bo‘lsa, amallar kitobini o‘ng tarafidan olib osonlik bilan jannatga kirishi, bu dunyoda yomonlik bilan o‘tgan bo‘lsa, amallar kitobini orqasidan olib do‘zaxga tushishi, u yerda o‘lib azobdan qutulmoqchi bo‘lsa, o‘lmasdan abadiy azobda qolishi haqida so‘z ketadi.
Shuningdek, «Inshiqoq» surasida kofiru mushriklarning Quryoni Karimga nisbatan tutgan mavqiflari ham zikr qilinib, bir necha narsalar ila qasam ichib, ular, albatta, qiyomat kunida shiddatli azoblarga duchor bo‘lishlari takidlanadi.
Suraning oxirida oyat va dalillarni ochiq-oydin ko‘rib turib Allohga iymon keltirmagan kimsalar oxiratda alamli azoblar tortishlari xabari beriladi.