Kafirun surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Qul yaa ayyuhal kaafiruun;

2. Laa aʼbudu maa taʼbuduun;

3. Va laa antum ʼaabiduuna maa aʼbud;

4. Va laa ana ʼaabidum maa ʼabadtum;

5. Va laa antum ʼaabiduuna maa aʼbud;

6. Lakum diinukum valiya diin.


Kafirun surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan. 6 oyatdan iborat.

Ushbu surai karimaga ham uning birinchi oyatidagi «kaafiruun» – «kofirlar» so‘zi nom bo‘lib qolgan. Alloh taolo Nabiy alayhissalomga ushbu surada mushriklarga nisbatan «Ey kofirlar!» deb murojaat qilishni amr qilgan.

Kaafirun surasi makkiy suralardan bo‘lib, u «tavhid surasi», «shirkdan poklanish surasi» deb ham vasf qilinadi.

Rivoyatlarda kelishicha, bir guruh Quraysh kofirlari Payg‘ambarimizga:

– Kelishaylik, biz sening diningga ergashaylik, sen ham bizning dinga ergash, biz sening ilohingga bir yil ibodat qilamiz. Sen bizning ilohimizga bir yil ibodat qilasan, – deyishdi. Shunda ul zot:

– Alloh saqlasin! Men U Zotga hech shirk keltirmayman, – dedilar. Kofirlar:

– Bizning baʼzi butlarimizni tavof qilgin (sig‘in), biz sening ilohingga ibodat qilamiz, – deganlarida, ushbu sura nozil bo‘lgan ekan.

← Boshqa suralar