Layl surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Val layli izaa yag‘shaa;

2. Van nahaari izaa tajallaa;

3. Va ma xolaqoz-zakaro val unsaa;

4. Inna saʼyakum lashattaa;

5. Fa ammaa man aʼtoo vattaqoo;

6. Va soddaqo bilhusnaa;

7. Fasanuyassiruhuu lilyusroo;

8. Va ammaa mam baxila vas tag‘naa;

9. Va kazzaba bilhusnaa;

10. Fasanuyassiruhuu lilʼusroo;

11. Va maa yug‘niy ʼanhu maaluhuu izaa taroddaa;

12. Inna ʼalaynaa lal hudaa;

13. Va inna lanaa lal aaxirota val uulaa;

14. Fa anzartukum naaron talazzoo;

15. La yaslaahaa illal ashqoo;

16. Allaziy kazzaba va tavallaa;

17. Va sayujannabuhal atqoo;

18. Allaziy yu`tiy maalahu yatazakkaa;

19. Va ma liahadin ʼindahu min niʼmatin tujzaa;

20. Illabtig‘oo`a vajhi Robbihil aʼlaa;

21. Va lasavfa yarzoo;


Layl surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan. 21 oyatdan iborat.

Ushbu surai karimaning nomi ham o‘zining birinchi so‘zidan olingan. «Layl» – «tun» deganidir. Alloh taolo bu surani tun ila qasam ichib boshlaganidan, unga «Layl» nomi berilgan.

Bu surada hayotning qarama-qarshi yo‘llari bayon qilingan. Sura ikkiga bo‘linib, birinchi bo‘lagida bir-biridan tubdan farq qiluvchi axloqiy sifatlar keladi. Bir guruh kishilar o‘z boyliklarini Alloh taoloning roziligi uchun sarflaydilar, taqvodor bo‘lib, qalblarini pok tutadilar, yaxshini yaxshi, yomonni yomon deb biladilar.

Ikkinchi guruhdagilar esa xasis, baxil, Alloh taolodan qo‘rqmaydigan, bandadan uyalmaydiganlar bo‘lib, haqiqatni yolg‘on, razolatni fazilat deb hisoblaydilar. Albatta, har kim o‘z qilmishiga yarasha qiyomatda mukofot yoki jazosini oladi.

Suraning ikkinchi qismida Alloh taolo insonga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib qo‘ygani, payg‘ambarlar, samoviy kitoblar yuborgani eslatiladi.

Layl surasining avvalida tun, kun va erkagu urg‘ochining yaratilishi ila qasam ichilib, odamlarning hatti-harakatlari turlicha bo‘lishi taʼkidlanadi.

So‘ngra saodat va shaqovat yo‘li bayon qilinadi. Najot izlovchi kishi uchun yurishi lozim bo‘lgan yo‘l ko‘rsatiladi. Yaxshilarning sifatlari qanday bo‘ladi-yu, yomonlarning sifati qanday bo‘ladi – ochib beriladi.

Shuningdek, ahli jannat va ahli do‘zax vasflari keltiriladi.

Keyin esa kofir va osiylarning to‘plagan molu dunyolari oxiratda hech qanday manfaat bermasligi ajoyib uslub ila aytib o‘tiladi.

Suraning xotimasida solih mo‘min kishi qanday bo‘lishiga misol keltiriladi.

← Boshqa suralar