Maʼun surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Aroaytallaziy yukazzibu bid diin;
2. Fa zaalikallazii yaduʼul yatiim;
3. Va laa yahuzzu ʼalaa toʼaamil miskiin;
4. Fa vaylul lil musolliin;
5. Allaziyna hum ʼan solaatihim saahuun;
6. Allaziyna hum yuroouun;
7. Va yamnaʼuunal maaʼuun.
Maʼun surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 7 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning nomi o‘zining oxirgi so‘zidan olingandir. «Maaʼuun» so‘zi haqida ulamolarimiz bir necha xil maʼnolarni aytganlar. Avvalo, ulamolarimiz lug‘aviy jihatdan «maaʼuun» lafzi «oz, arzimagan narsa» degan maʼnoni anglatishini aytishgan. Bu suradagi maʼno haqida esa baʼzilari, «maaʼuun»dan murod zakot, boshqalari, xo‘jalikda kerak bo‘lib turadigan asbob-anjomlar, deyishgan.
Bu surai karima dinga eʼtiqodi yo‘q, oxiratdan umidi yo‘q odamning alomatlarini bayon qiladi. So‘ngra baʼzi bir Islom amallarini ado etib yuruvchi, masalan, namoz o‘qib yuruvchi, lekin o‘zi Islom haqiqatidan uzoq shaxslar haqida so‘z yuritadi.
Maaʼuun surasi o‘zi qisqa bo‘lishiga qaramay, ulkan haqiqatni – iymon va kufr haqidagi tushunchani muolaja qildi.