Salotu Tunajjiyna (Solatul munjiya)

Bismillahir Rohmanir Rohiym

"Allohumma solli ʼala sayyidinaa Muhammadin solaatan tunjiynaa bihaa min jamiyʼil ahvaali val aafaati va taqziy lanaa bihaa jamiyʼal haajaati va tutahhirunaa bihaa min jamiyʼis sayyi`aati va tarfaʼunaa bihaa ʼindaka aʼlaad darajaati va tuballig‘unaa bihaa aqsol g‘ooyoti min jamiyʼil xoyroti fil hayati va baʼdal mamaati va ʼala olihi va sohbihi va sallim tasliiman kasiyron!"

Maʼnosi: «Allohim! Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin. (Allohning fazli va marhamati bilan), o‘sha salavot sababli barcha qiyinchilik va balo ofatlardan najot ber. Salavot sababli barcha hojatlarimizni baroridan keltir. Salavot sababli barcha yomonliklardan bizni pokla. Salavot sababli Huzuringdagi darajalarga bizlarni yuksaltir. Salavot sababli hayot va o‘limdan keyingi barcha yaxshiliklarni eng yuqori darajasiga bizlarni ko‘tar. Rasulullohning oilalariga va sahobalariga ko‘plab salavot va salomlar bo‘lsin!».


Tunajjiyna salavoti haqida maʼlumot

Ulamolar tajribalariga muvofiq ushbu tunajjiynaa salavotini 1111 marta yaxshi bir narsani niyat qilib o‘qilsa, Alloh izni bilan maqsad hosil bo‘lishi umid qilinadi. Bizning yurtlarda ko‘proq boshga musibat tushganda o‘qish yo‘lga qo‘yilgan. Tunajjiynaa - najot beruvchi, deganidir. Bu salavotni bunday nomlanishiga sabab, u g‘am va muammolardan najot berib, bartaraf qilgani uchundir.

Alloh taologa biror hojati bo‘lgan kishi bu salavotni ming marta o‘qiydi. Shayx Solih Zarir aytadilar: «Sho‘r (Qizil) dengizida men kemaga mindim. Dengizda qattiq shamol turdi. Kemadagi insonlar qichqirib dod-voy solishdi. Mana shu vaqtda menga uyqu g‘olib kelib, uxlab qolibman. Tushimda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim va menga aytdilar: «Kemadagi kishilarga ayt, mana shu salavotni ming marta o‘qisin». Keyin uyqudan uyg‘onib, mazkur tushimni kemadagi kishilarga aytdim. Ushbu salavotni uch yuz marta o‘qigan edikki, Alloh taolo bizlarni bu falokatdan qutqardi».

← Boshqa suralar