Naba (amma) surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. ʼamma yatasa'aluun;

2. ʼanin naba'il-ʼaziim;

3. Allaziy hum fiyhi muxtalifuun;

4. Kallaa sayaʼlamuun;

5. Summa kallaa sayaʼlamuun;

6. Alam najʼalil arzo mihadav;

7. Val jibala avtadav;

8. Va xolaqnakum azvajav;

9. Va jaʼalnaa navmakum subatav;

10. Va jaʼalnal-layla libasav;

11. Va jaʼalnan-naharo ma-ʼashav;

12. Va banayna favqokum sabʼan shidadav;

13. Va jaʼalnaa sirojav vahhaja;

14. Va anzalna minal muʼsiroti maa`an sajjajal;

15. Linuxrija bihi habbav va nabaatav;

16. Va jannatin alfaafa;

17. Inna yavmal fasli kaana miyqota;

18. Yavma yunfaxu fis-suuri fata`tuna afvajav;

19. Va futihatissamaa'u fakanat abvabav;

20. Va suyyirotil jibalu fakanat saroban;

21. Inna jahannama kaanat mirsodal;

22. Littoog‘iyna maabal;

23. Laabisiyna fiyhaa ahqobal;

24. Laa yazuuquuna fiyha bardav va laa sharoban;

25. Illaa hamiymav va g‘ossaqon;

26. Jaza`av vifaaqon;

27. Innahum kanuu laa yarjuuna hisabav;

28. Va kazzabuu biaayatina kizzaba;

29. Va kulla shay'in ahsoynahu kitabav;

30. Fazuuquu falan naziydakum illa ʼazaba;

31. Inna lilmuttaqiyna mafazan;

32. Hadaa'iqo va aʼnabav;

33. Va kavaʼiba atrobav;

34. Va ka'san dihaqol;

35. Laa yasmaʼuuna fiyhaa lag‘vav va laa kizzaban;

36. Jazaa'am mirrobbika ʼatoo'an hisabar;

37. Robbis-samaavaati val arzi vamaa baynahumar-rohmani laa yamlikuuna minhu xitoba;

38. Yavma yaquumurruuhu val malaa'ikatu soffal la yatakallamuuna illaa man azina lahurrohmanu va qoola sovaba;

39. Zalikal yavmul haqqu faman shaa'attaxoza ilaa robbihi ma-aba;

40. Innaa anzarnaakum ʼazaban qoriybay yavma yanzurul mar'u maa qoddamat yadaahu va yaquulul kafiru yaa laytanii kuntu turoba.


Naba surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan. 40 oyatdan iborat.

«Naba»-muhim xabar degani, suraning ichida kelgan shu so‘z unga nom bo‘lgan. Boshlanish so‘zini etibor qilib, bu surai karimani «Amma» surasi ham deyiladi.

Muhammad alayhissalom Payg‘ambar qilib yuborilganlaridan, u zotga Quryoni karim nozil bo‘la boshlagandan, u zot odamlarga diniy talimotlarni yetkazishni o‘z zimmalariga olganlaridan so‘ng mushriklar o‘zaro: «Nima kelibdi unga? Qiyomat bo‘ladi, deydimi?» kabi savollarni bir-birlariga berib yurishganda, Alloh taolo ushbu surani tushirgan. Bu surada Qiyomat kuni haq ekani, unga ishonganlar oqibati xayrli bo‘lib, oxiratda jannatga tushishi, ishonmaganlar do‘zaxi bo‘lishi takidlanadi. Alloh taoloning Qiyomatni qoim qila olishiga aqliy dalillar keltiradi.

Surai karima qiyomat, qayta tirilish va hisob–kitob haqidagi oyatlar bilan boshlanadi. Zotan Makka mushriklari ham o‘sha paytda ayni shu haqda so‘rar edilar.

So‘ngra Alloh taoloning qudrati cheksiz ekanligiga dalillar keltirilib, ana shundoq ajoyibotlarni qilishga qodir bo‘lgan Alloh o‘liklarni qayta tiriltirishi hech gap emasligiga ishora qilinadi.

Keyin esa o‘sha qayta tirilish qiyomat kunida bo‘lishiga, unda avvalgilaru oxirgilar hisob-kitob uchun to‘planishlariga oid oyatlar keladi.

U oyatlarning ortida esa, Alloh taolo kofir va osiylar uchun tayyorlab qo‘ygan jahannam va undagi alvon azoblar haqida so‘z yuritiladi.

Kofirlar haqidagi oyatlar ortidan Quryoni Karim uslubiga mos ravishda taqvodorlar va ularning oqibatlari haqidagi oyatlar keladi.

Suraning oxirida esa qiyomat kuni dahshatlari va unda kofirlarning holi nima bo‘lishi haqida so‘z ketadi.

← Boshqa suralar