Naziat surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Van naaziaati g‘orqov;

2. Van naashitoti nashtov;

3. Vas saabihaati sabhav;

4. Fassaabiqoti sabqov;

5. Fal mudabbiroti amro;

6. Yavma tarjufur rojifah;

7. Tatbaʼuha ar-rodifah;

8. Qulubuy yavmaiziv-vaajifah;

9. Absoruha xoshiʼah;

10. Yaquluuna a`innaa lamarduuduuna filhaafiroh;

11. A`iza kunnaa ʼizoman naxiroh;

12. Qoluu tilka izan karrotun xosiroh;

13. Fainnama hiya zajrotuv vahidatuv;

14. Fa`iza hum bis-saahiroh;

15. Hal ataaka hadiysu Muusaa;

16. Iz naadaahu robbuhu bilvadil muqoddasi Tuvaa;

17. Izhab ilaa Firʼavna innahu tog‘oo;

18. Faqul hal laka ilaa an tazakkaa;

19. Va ahdiyaka ilaa robbika fataxshaa;

20. Fa arohul ayatal kubroo;

21. Fa kazzaba va ʼasoo;

22. Summa adbaro yasʼaa;

23. Fa hasharo fa naadaa;

24. Fa qola ana robbukumul aʼlaa;

25. Fa axozahullohu nakalal axiroti val uulaa;

26. Inna fiy zalika laʼibrotal limay yaxshaa;

27. A`antum ashaddu xolqon amissaama`u banaahaa?

28. Rofaʼa samkahaa fa savvaahaa;

29. Va ag‘tosha laylahaa va axroja zuhaahaa;

30. Val arzo baʼda zalika dahaahaa;

31. Axroja minha ma`ahaa va marʼahaa;

32. Val jibaala arsaahaa;

33. Mataaʼal lakum va li`anʼamikum;

34. Fa iza jaa`atit toommatul kubroo;

35. Yavma yatazakkarul insaanu maa saʼaa;

36. Va burrizatil jahiymu liman yaroo;

37. Fa ammaa man tog‘oo;

38. Va aasarol hayatad-dunya;

39. Fa innal jahiyma hiyal ma`va;

40. Va amma man xofa maqoma robbihi va nahan-nafsa ʼanil havaa;

41. Fainnal jannata hiyal ma`vaa;

42. Yas`aluunaka aʼnis-saaʼati ayyana murcaahaa;

43. Fiyma anta min zikrohaa;

44. Ila robbika muntahaahaa;

45. Innama anta munziru man yaxshahaa;

46. Kaannahum yavma yarovnahaa lam yalbasuu illaa ʼashiyyatan av zuhaahaa.


Naziat surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan 46 oyat. Ushbu surai karimaning ismi o‘zining birinchi so‘zidan olingandir. «Naziat» so‘zi lug‘atda, «sug‘urib oluvchilar» manosini bildiradi. Ushbu oyatda esa ulamolar bu so‘z nimani anglatishi haqida turli bahs qilgan bo‘lsalar ham, g‘olib fikr «Jonni sug‘urib oluvchi farishtalar» manosini bildiradi, deydi. Xuddi shu xilda, suraning boshidagi kelasi to‘rt oyatda ham turli ishlarni bajaruvchi farishtalar bilan qasam ichilgan.

«Naziat» surasi Makkiy suralardan bo‘lib, xuddi boshqa Makkiy suralar kabi aqida usullari, vahdoniyat, Payg‘ambarlik, o‘lgandan so‘ng qayta tirilish va jazo masalalarini muolaja qiladi. Suraning asosiy mavzusi qiyomat va uning sifatlari, taqvodorlarning oqibatiyu, jinoyatchi kofir-osiylarning oqibatidir.

Surai karima besh toifa farishtalar: kofirlarning jonini shiddat ila sug‘urib oluvchilar, mo‘minlarning jonini lutf bilan sug‘urib oluvchilar, bulut kabi suzib yuruvchilar, yaxshilikda kim o‘zarga musobaqa qiluvchilar va ishlarning tadbirini qiluvchilar bilan qasam ichish ila boshlanadi.

So‘ngra mushriklar, qayta tirilish va to‘planishni inkor qiluvchilar va ularning qiyomat kunidagi hollari haqida so‘z yuritiladi. Keyin esa Firavn qissasi keltiriladi. So‘ngra surai karima kofir va mushriklarga xitob etib, ularga tahdid qiladi. Va nihoyat qiyomat soati haqidagi oyatlar bilan suraga xotima yasaladi. Avval aytganimizdek, bu surai karima qasam bilan boshlanadi.

Arab tilida qasam turli uslublar bilan bo‘ladi. Ochiq qasam ichish manosidagi so‘zlar bilan yoki qasam harflari–jumladan, «vov», «be», «to» harflari bilan. Quryoni Karimning bir qancha suralari qasam bilan boshlangan. Jumladan «An-Naziat» surasi ham. Bu holatda qasam lafzlari ishlatilmaydi, balki qasam harflarining o‘zi kifoya qiladi. Masalan: «Van-Naziati»–an-Naziat bilan qasam ichaman, degani. Odatda bir gapni takidlash uchun, unga etiborni jalb qilish uchun, eng muhim masalalarni bayon qilishdan avval qasam ichiladi. Alloh O‘zi yaratgan narsalardan bazilarini qasamda tilga olishi o‘sha narsalarning ahamiyatini yana ham oshiradi.

Alloh taolo xohlagan narsasi bilan qasam ichaveradi, bu O‘zining ishi. Lekin bandalar Allohdan boshqa bilan qasam ichishga haqlari yo‘q. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan: «Kim qasam ichmoqchi bo‘lsa, Alloh nomi bilan ichsin, bo‘lmasa jim tursin», degan hadisi sharif bor. Bir narsani qilaman yoki qilmayman–deb qasam ichsa, o‘sha ishni bajarmog‘i vojib, agar bajara olmasa kaffarot to‘laydi. Yaxshisi, har narsaga Alloh taoloning nomini ishlatib, qasam ichavermaslik maqul.

← Boshqa suralar