Salotun noriya surasi matni (Solaatun nariya duosi)
Bismillahir Rohmanir Rohiym
"Allohumma solli solaatan kaamilatan, va sallim salaaman taamman ʼalaa sayyidinaa Muhammadinillaziy tanhallu bihil ʼuqod, va tanfariju bihil kurob, va tuqzo bihil havaaij, va tunaalu bihir rog‘ooib va husnul havaatim. Va yustasqol g‘omaamu bi vajhihil kariym va ʼalaa aalihiy va sohbihiy fiy kulli lamhatin va nafasin bi ʼadadi kulli maʼluumil lak".
Maʼnosi: «Allohim! Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga mukammal, to‘liq salavot va salomlar bo‘lsin. Allohning fazli va marhamati bilan, o‘sha salavot sababli jumboqlar yechilur, mashaqqatlar barham topur, hojatlar baroridan kelur, rag‘bat qilingan narsalar qo‘lga kiritilur, yaxshi xotimaga erishilur hamda bulutlardan yomg‘ir yog‘ur. U zotning oilalariga va sahobalariga ham salavotu salomlar bo‘lsin».
Solaatun nariya surasi haqida maʼlumot
Ulamolarning tajribalariga ko‘ra, ushbu salavotni yaxshi bir narsani niyat qilib 4444 marta o‘qilsa, Allohning izni bilan maqsad hosil bo‘lishi umid qilinadi. Bizning yurtlarda bu salavotni ko‘proq boshga musibat tushganda o‘qish yo‘lga qo‘yilgan. Naariya – yondiruvchi olov deganidir. Salavotning bunday nomlanishiga sabab shuki, u g‘am va muammolarni tezlik bilan kuydirib tashlaydi.