Quraysh surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Li iylaafi quroysh;

2. Iylaafihim rihlatash shitaa`i vas soyf;

3. Fal yaʼbuduu Robba haazal bayt;

4. Allaziy atʼamahum min juuʼiv va aamanahum min xovf.


Quraysh surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan. 4 oyatdan iborat.

Ushbu surai karimaning nomi ham o‘zining birinchi oyatidan olingandir. Quraysh eng hurmatli, eng qadrli arab qabilasi hisoblanadi. Ushbu surada Alloh taolo Quraysh qabilasiga O‘zi bergan ulug‘ nematlarni eslatib, mazkur nematlar shukronasiga ular Alloh taologa, Qurayshga izzat-ikrom keltirgan baytning Robbiga ibodat qilmoqlari lozim ekanligini eslatadi.

«Quraysh» surasi «al-Fil» surasining uzviy davomidek. «Al-Fil» surasida Abriha va uning askari to‘g‘risida zikr qilingan hodisalar Kaba va uning atrofida yashab, hojilar xizmatini qilib turuvchilarning obro‘sini yanada oshirib yubordi. Ayniqsa, Quraysh qabilasining obro‘si Arabiston yarim orolida o‘sdi.

Hamma tarafda qaroqchilik, bosqinchilik hukm surishiga qaramay, ularga Baytullohning aholisi deb hurmat qilib hech kim tegmasdi. Ular bu omonlikdan foydalanib bemalol safar qilib yurishardi. Quraysh qabilasining savdo karvonlari ham bemalol qishda Yamanga, yozda Shomga safar qilardi. Bu esa ularga rizq-ro‘zning mo‘l bo‘lishi imkonini berardi. Yerlarida hech narsa o‘smaydigan qaqroq cho‘l bo‘lishiga qaramay, ular barakali hayot kechirardilar. Alloh taolo bu surada ana shu nematlarini ularning eslariga soladi va shukr qilib Allohga ibodat qilishga undaydi.

← Boshqa suralar