Shams surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Vash shamsi va zuhaahaa;

2. Val qomari izaa talaahaa;

3. Van nahaari izaa jallaahaa;

4. Val layli izaa yag‘shaahaa;

5. Vas samaa'i vamaa banaahaa;

6. Val arzi vamaa tohaahaa;

7. Va nafsif vamaa savvaahaa;

8. Fa alhamahaa fujuurohaa va taqvaa-haa;

9. Qod aflaha man zakkaahaa;

10. Va qod xoba man dassaahaa;

11. Kazzabat samuudu bitog‘vaahaa;

12. Izim baʼasa ashqoohaa;

15. Faqoola lahum rosuululloohi naaqotalloohi va suqyaahaa;

14. Fa kazzabuuhu faʼaqoruuhaa fadamdama ʼalayhim Robbuhum bizambihim fasavvaahaa;

15. Va laa yaxoofu ʼuqbaahaa;


Shams surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan. 15 oyatdan iborat.

Ushbu suraning nomi o‘zining birinchi oyatidan olingandir. «Shams» – «quyosh» deganidir. Alloh taolo ushbu surani quyosh bilan qasam ichib boshlagan. Ana shu qasam so‘zida ishlatilgan «shams» kalimasi suraga nom bo‘lib qolgan.

Bu surai karimada Alloh taolo yaxshini yomondan, savobni gunohdan ajrata olmay qolganlarga bu narsalar orasidagi farqni tushuntiradi. Alloh taoloning insonga barkamol jism, aql-idrok, tafakkur berishidan maqsadi ham o‘sha yaxshi-yomonni ajratish uchundir. Inson to‘g‘ri yo‘lni tanlasa, saodatga erishadi, noto‘g‘ri yo‘lni tanlasa, badbaxt bo‘ladi, do‘zaxga tushadi.

Suraning ikkinchi qismida Samud qavmining misolida osiylikning oqibati nima bilan tugashi eslatiladi.

Surai karima Alloh taoloning maxluqotlaridan yettitasi: quyosh va uning yog‘dusi, undan so‘ng keladigan oy, yorishgan nahor, zulmati ila qoplagan tun, osmon va uning bino qilinishi, yer va uning kengaytirilishi hamda nafs va uning to‘g‘rilanishi ila qasam ichish bilan boshlanadi. Bu bilan agar inson Alloh taologa taqvo qilsa, najot topishi, tug‘yon va isyonga ketsa, xusronga uchrashi taʼkidlanadi.

So‘ngra esa Samud qavmi qissasi keltirilib, ular kufrlari, tug‘yon va isyonlari tufayli qanday halok bo‘lganlari bayon qilinadi. Ulardan boshqalar o‘rnak olishlari lozimligiga ishora qilinadi.

Shams surasining xotimasida Alloh taolo kofir va osiylarni halok qilish oqibatidan zarracha qo‘rqmasligi taʼkidlanadi.

← Boshqa suralar