Sharh (Alam nashroh, Inshiroh) surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Alam nashroh Laka sodrok;

2. Va vazoʼna anka vizrok;

3. Allaziy anqozo zohrok;

4. Va rofaʼna laka zikrok;

5. Fa inna maʼal ʼusri yusroo;

6. Inna maʼal ʼusri yusroo;

7. Fa`izaa farog‘ta fansob;

8. Va ilaa Robbika farg‘ob.


Sharh surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan. 8 oyatdan iborat.

Bu surai karima «Sharh», «Alam nashroh» va «Inshiroh» nomlari bilan ataladi. Hammasi ham suraning birinchi oyatdagi «Alam nashroh» tabiridan olingan. «Sharh» so‘zi kengaytirish manosini bildirib, bu oyatda ham Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko‘ksilarini keng qilib qo‘ygani haqida so‘z ketadi.

«Sharh» surasining boshida Alloh taolo tomonidan Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga berilgan ulug‘ nematlar: U zotning ko‘ksilarini keng qilib qo‘yish, gunohlardan pok qilib qo‘yish kabilar haqida so‘z ketadi. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning maqomlari bu dunyo va oxiratda yuqori ko‘tarib qo‘yilgani haqida gapiriladi.

Keyin esa davat yo‘lida tortilayotgan mashaqqatlar ham esga olinib, osonlik yaqinligi haqida bashorat beriladi.

Nihoyat, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Allohning diniga davat qilishdan forig‘ bo‘lgan vaqtlarda ibodatga qattiq berilish haqida tavsiya qilinadi.

«Sharh» surasi, «Zuho» surasidan so‘ng nozil bo‘lgan va xuddi uning uzviy davomiga o‘xshaydi. Bu sura ham avvalgisiga o‘xshab Muhammad sollallohu alayhi vasallamnig o‘zlariga xos bo‘lib, u zotga Allohning inoyatidan, rioyasidan xabar beradi, tezda yengillik, xursandchilik bo‘lishining bashoratini beradi.

← Boshqa suralar