Takasur surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Alhaakumut takasur;
2. Hattaa zurtumul maqoobir;
3. Kallaa savfa taʼlamuun;
4. Summa kallaa savfa taʼlamuun;
5. Kallaa lav taʼlamuuna ʼilmal yaqiin;
6. Latarovunnal jahiim;
7. Summa latarovunnahaa ʼaynal yaqiin;
8. Summa latus`alunna yavma`izin ʼanin naʼiim.
Takasur surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 8 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning nomi o‘zining birinchi oyatdagi «takasur» so‘zidan olingan. «Takasur» so‘zi molu dunyo, mansab-martaba va bola-chaqaning ko‘pligi bilan farxlanish deganidir. Ushbu surada kishilar dunyoning o‘tkinchi matohini ko‘paytirishga o‘zlarini urishlari, ana shu ish bilan mashg‘ul bo‘lishni jonlari chiqquncha davom ettirishlari haqida ketadi.
«Takasur» surasi odamlarni mazkur ishni qilmaslikka zajr ila undaydi.
Va nihoyat oxiratda ko‘riladigan dahshatlarni eslatish ila suraga xotima yasaladi.
Bu surai karima tug‘yonga ketgan moddaparastlik muammosini muolaja qiladi. Hozirgi hayot insonga turli sarflarni talab qiladigan madaniyatni taqdim etdi. Hoyi havasga erishaman deb inson bu narsalarning quli bo‘lib qoladi. Shu sababdan hayot rohat o‘rniga charchashga aylandi. Inson iloji boricha ko‘proq boylik to‘playdigan va bu yo‘lda har qanday pastkashliklardan qaytmaydigan bo‘lib qoldi. Havoyi nafs yo‘lida yurish, mol-dunyoga o‘chlik insonni insoniy fazilatlaridan judo qildi, insoniyligini unuttirdi va nihoyat yaratgan Xoliqini ham esdan chiqardi. Oqibatda inson Allohga emas, molu dunyoga sajda qiladigan bo‘lib qoldi.
Takasur surasi buning oqibati nima bo‘lishini bayon qiladi.