Takvir surasi matni o‘zbek tilida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Izash shamsu kuvvirot;

2. Va izan nujumun kadarot;

3. Va izal jibalu suyyirot;

4. Ba izal ʼisharu ʼuttilat;

5. Va izal vuhushu hushirot;

6. Va izal biharu sujjirot;

7. Va izan nufusu zuvvijat;

8. Va izal mav'udatu su'ilat;

9. Biayyi zambin qutilat;

10. Va izas suhufu nushirot;

11. Va izas samaau kushitot;

12. Va izal jahiymu suʼʼirot;

13. Va izal jannatu uzlifat;

14. ʼalimat nafsum maa ahzorot;

15. Falaa uqsimu bilxunnas;

16. al-Javaril kunnas;

17. Val layli iza ʼasʼasa;

18. Vas subhi iza tanaffas;

19. Innahu laqovlu rosulin kariym;

20. Ziy quvvatin ʼinda zil ʼarshi makiyn;

21. Mutoʼin samma amiyn:

22. Va maa sohibukum bimajnuun;

23. Valaqod roahu bil ufuqil mubiin;

24. Va maa huva ʼalal g‘oybi bizoniin;

25. Va maa huva biqovli shaytonir rojiim:

26. Fa ayna tazhabuun;

27. In huva illaa zikrul lil ʼalamiin;

28. Liman sha'a minkum ay yastaqiim;

29. Va maa tashaauuna illaa ay yashaa Allohu robbul ʼalamiin.


Takvir surasi haqida maʼlumot

Makkada nozil bo‘lgan. 29 oyatdan iborat.

Ushbu surai karimaning nomi uning birinchi oyatidagi manodan olingan. «Takvir» deb, yoyilib turgan narsani o‘rab, to‘plashga aytiladi. Mazkur birinchi oyatda Quyoshni o‘rab-to‘plash haqida so‘z ketadi. Yani, qiyomat kuni shunchalik katta hajmdagi, butun dunyoni o‘z yorug‘i bilan tutib turgan narsa ham osongina o‘ralib, yorug‘i so‘nib, hech narsa bo‘lmay qolishi bayon qilinadi. Ana shu mano surai karimaga nom qilib olingan.

Bu surai karima Islom aqidasidagi ulkan haqiqatlardan ikkitasini muolaja qiladi.

Birinchisi–qiyomat kuni va unda bo‘ladigan inson qalbini xavfga to‘ldiruvchi ulkan hodisalar.

Ikkinchisi–vahiy haqiqati, uni keltiruvchi farishta Jibroil alayhissalom vasfi va vahiyni qabul qilib oluvchi Muhammad alahissalom vasflari.

Surai karima qiyomatning bayoni, unda bo‘ladigan ulkan kavniy to‘s-to‘polon: quyosh, yulduzlar, tog‘lar, dengizlar, yer, osmon, chorva hayvonlari, vahshiy hayvonlarni, shuningdek basharni ham o‘z ichiga olgan dahshatli hodisalar vasfi ila boshlanadi. O‘sha vasf qilinyotgan hodisa chog‘ida dunyodagi hamma narsaning tartibi buzilib, sochilib ketishi, mazkur kunning dahshatidan o‘zgarishga duchor bo‘lmagan, o‘z mavqeni yo‘qotmagan boror narsa qolmasligi vasf qilinadi.

So‘ngra esa vahiyning haqiqatini va o‘sha vahiyni qabul qilib olayotgan Payg‘ambarning sifati vasf qilinadi. Shuning uchun mazkur vahiy ila kufru shirk zulmatiyu zalolatidan iymonu tavhidning nur va hidoyatiga chiqarilishlari ko‘zda tutilgan qavmning vasfi ham keltiriladi.

Surai karimaning oxirida mushriklarning Quryoni Karim haqidagi taxminlari botil ekanligi takidlanib, Uning insoniyat uchun Alloh taolo tomonidan tushirilgan maviza ekanligi bayon qilinadi.

← Boshqa suralar