Tin (tiyn) surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Vat tiyni vaz zaytuun;
2. Va tuuri siiniin;
3. Va haazal baladil amiin;
4. Laqod xolaqnal insaana fii ahsani taqviim;
5. Summa rodadnahu asfala saafiliin;
6. Illallaziyna aamanuu va ʼamilus soolihaati falahum ajrun g‘oyru mamnuun;
7. Fa maa yukazzibuka baʼdu biddiin;
8. Alaysalloohu biahkamil haakimiin.
Tin surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan, 8 oyatdan iborat.
Bu surai karimaning nomi ham o‘zining birinchi so‘zidan olingan.Alloh taolo bu surani «Tiyn»–«Anjir» ila qasam ichish bilan boshlagani uchun o‘sha kalima unga nom bo‘lib qolgan.
Alloh taolo avvalgi surada komil inson–Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqida so‘z yuritdi. U zot Alloh taolo yaratgan maxluqot ichida eng mukammalidir. Bu surada esa so‘z umumiy inson navi haqida ketadi, uning oqibati nima bo‘ladi, Alloh iymon keltirganlarga nimalar tayyorlab qo‘ygani haqida so‘z ketadi.
«Tiyn» surasi anjir, zaytun, Turi Siyno va eminlik yurti–Makkai Mukarrama ila qasam ichib, insonniAlloh taolo eng go‘zal suratda yaratganini takidlash bilan boshlanadi.
So‘ngra esa, Alloh taoloning adolatini bayon qilib, mo‘minga savob, kofirga iqob berilishini takidlash ila tugaydi.