Toriq surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Vas sama'i vat-toriq;
2. Va maa adroka mat-toriq;
3. An-najmus saqib;
4. In kullu nafsil lamma ʼalayhaa haafiz;
5. Fal yanzuril insaanu mimma xuliq;
6. Xuliqo mim maa'in daafiq;
7. Yaxruju mim baynis sulbi vat tarooib;
8. Innahu ʼala rojʼihii laqoodir;
9. Yavma tublas saroo'ir;
10. Famaa lahu min quvvativ valaa naasir;
11. Vas samaa'i zatir rojʼi;
12. Val arzi zatis sodʼi;
13. Innahu laqovluv fasl;
14. Va maa huva bilhazl;
15. Innahum yakiiduuna kaydav;
16. Va akiydu kayda;
17. Famahhilil kaafiriina amhilhum ruvaydaa.
Toriq surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 17 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning nomi o‘zining birinchi oyatidagi «at-Toriqi» so‘zidan olingandir. «Toriq» so‘zi arab tilida «qattiq urish» manosida ishlatiladi. Arablar bolg‘ani mitroqa-(qattiq uruvchi asbob)deb ataydilar. «Toriq» so‘zi asosan kechasi eshik qoqib, chaqirib keluvchiga nisbatan ishlatiladi. Surai karimadagi «Toriq» lafzi aynan shu manoda, «kechasi keluvchi» manosida ishlatilgan.
Boshqa Makkiy suralar qatori Toriq surasida ham Islom aqidasiga taalluqli bazi ishlar muolaja qilinadi.
Toriq surasida inson o‘lganidan so‘ng o‘z Parvardigori bilan uchrashishi va Quryon Allohning kalomi ekanligi, unga hech narsa zarar yetkaza olmasligi haqida so‘z ketadi. Insonga xitob qilinib, uni o‘ziga bir nazar solishga chaqiriladi. Aslida inson shahvat paytida ajrab chiqadigan arzimagan suv edi. Lekin Alloh uni o‘ylab-tafakkur qiladigan jonli-aqlli zotga aylantirdi. Shunday narsaga qodir Alloh o‘lgan odamni tiriltira olmaydimi? Dunyodagi barcha narsa Allohning irodasi bilan bo‘ladi.
Ushbu surai karima osmon bilan va kechasi paydo bo‘luvchi yulduz bilan qasam ichish ila boshlanib, har bir jonga muhofiz farishta biriktirilgani alohida takidlanadi.
So‘ngra esa, Alloh taolo o‘lgan insonni qayta tiriltira olishga qodir zot ekanini tasdiqlovchi hujjat va dalillar keltiriladi.
Keyin bir kun kelib barcha sirlar fosh bo‘lishi, ana o‘shanda kofir va osiylarda na bir quvvat va na bir yordamchi bo‘lmasligi takidlanadi.
Shundan so‘ng osmonu yer bilan qasam ichib, Quryoni Karim fosil qiluvchi kalom ekanligi, hazil emasligi takidlanadi.
Surai karimaning so‘ngida esa kofirlarga tahdid oyatlari keladi.