Zuho surasi matni o‘zbek tilida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Vaz zuhaa;
2. Val layli izaa sajaa;
3. Ma vaddaʼaka Robbuka va maa qolaa;
4. Va lal aaxirotu xoyrul laka minal uulaa;
5. Va lasavfa yuʼtiyka Robbuka fatarzoo;
6. Alam yajidka yatiymav fa`aavaa;
7. Va vajadaka zoollav fahadaa;
8. Va vajadaka ʼaa`ilav fa-ag‘naa;
9. Fa ammal yatiima falaa taqhar;
10. Va ammas saa`ila falaa tanhar;
11. Va ammaa biniʼmati Robbika fahaddis;
Zuho surasi haqida maʼlumot
Makkada nozil bo‘lgan. 11 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaga ham o‘zining birinchi so‘zi nom bo‘lib qolgan. Zuho–choshgoh payti maʼnosini anglatadi. Alloh taolo bu surani Zuho ila qasam ichib boshlab, O‘z Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga g‘azab ham qilmaganini va U zotni tark ham qilmaganini taʼkidlaydi.
Mana shu surai karimaning nozil bo‘lish sababi haqidagi rivoyatlarda kelishicha, Payg‘ambarimizdan bir muddat vahiy uzilib qolgan. Yaʼni Jibroil alayhissalom Qurʼon oyatlarini olib kelmay qolgan. Bundan Payg‘ambar alayhissalom tashvishga tushib mahzun bo‘lganlar. Dushmanlar esa darrov «Muhammadning Robbisi unga g‘azab qildi, uni tark etdi»,–deb gap tarqatgan. ShundaAlloh taolo bu surai karimani Muhammad alayhissalamning o‘zlariga xos qilib nozil qilgan. Bu surada avvaldan oxirigacha Payg‘ambar alayhissalomga xitobni, u zotgaAlloh taolo qilgan marhamatlarning sanog‘ini, u zotning sharaflanishini va ulug‘lanishini ko‘ramiz.
Alloh taolo «Zuho» surasini O‘z Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qadr-qiymatlari ulug‘ligini taʼkidlash uchun choshgoh va tunning sukunatga cho‘milishi ila qasam ichib boshlaydi.
So‘ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallamga oxiratda beriladigan narsalar bashorati beriladi.
Keyin esa, u zot sollallohu alayhi vasallam kichikliklarida yetim bo‘lganlari, faqir va zoyeʼ bo‘lganlari,Alloh taolo O‘z rioyati va inoyati ila bu hollardan olib chiqqani eslatiladi.
Suraning nihoyasida esa, u zot sollallohu alayhi vasallamga mazkur uch narsa muqobiliga uch narsa: yetimga mehribonlik qilish, soilga qo‘pol muomala qilmaslik va O‘z Robbisi neʼmati haqida so‘zlash tavsiya qilinadi.